Breaking News

Xyunday O'zbekiston hukumati bilan muzokaralar olib bormoqda


Janubiy Koreyaning yetakchi avtomobilsoz kompaniyasi Xyunday Motor (Hyundai Motor Company) ayni damda UzDaewooAuto zavodini sotib olish bo’yicha O’zbekiston hukumati bilan muzokaralar olib bormoqda.

O’tgan yil oktyabrida O’zbekiston zavodning Daewoo kompaniyasiga tegishli 50 foiz ulushini sotib olgani haqida ma’lum qilgan edi.

1996 yilda Asakada ishga tushgan va ayni damdagi qiymati 650 million dollarlik zavod yiliga 200 ming dona avtomobil ishlab chiqarish salohiyatiga ega, biroq zavod bu yili 110 ming dona mashina chiqarmoqchi. Avtomobillarning aksariyati Rossiyaga eksport qilinadi. Zavodni Xyunday sotib olgan taqdirda uning ishlab chiqarish salohiyati yiliga 300 ming dona mashinaga ko’tariladi.

XS
SM
MD
LG