Breaking News

Qozog'iston prezidenti kutilmaganda Toshkentga keldi


Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev juma kuni Toshkentga kutilmagan tashrif bilan keldi. Tashrif haqida O’zbekiston va Qozog’iston prezidentlarining ommaviy axborot vositalariga qilgan bayonotlari O`zbekiston televideniyesi orqali berilishidan so`ng ma`lum bo`ldi.

Qozog`iston rahbari Toshkentda prezidentlar nazoratida tuzilgan hukumatlararo muvofiqlashtiruvchi komissiya yig`ilishining bo’lib o’tganligi, ikki davlat o`rtasida aloqalar rivojlanayotganligi, savdo aylanmasini yaqin orada bir millard dollarga yetkazish imkoniyati borligi, shuningdek o`tkir xalqaro muammolar muhokama qilinganini ta’kidlab o`tdi.

“Bugun voqealar tezlik bilan rivojlanmoqda, xalqaro hayot murakkab, men O`zbekiston prezidentiga AQShga safarim haqida ma’lumot berdim, shuningdek, Afg`oniston, Iroq va Erondagi vaziyat yuzasidan, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi hududidagi bugungi ahvol haqida gaplashdik”, - dedi Qozog`iston prezidenti.

Islom Karimovga ko`ra, ikki davlat muhum mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan umumiy pozitsiya ishlab chiqishga kelishgan, jumladan yaqinda kutilayotgan MDH davlatlari rahbarlarining sammiti oldidan.

Kuzatuvchilar Qozog`iston prezidentining kutilmaganda amalga oshirgan tashrifining sababini turlicha izohlashmoqda. Ayrim tahlilchilar rejalashtirilmagan bu tashrifni Bishkekdagi voqealar bilan ham bog’lashmoqda.

Mahalliy ekspertlardan biri Toshpo`lat Yo`ldoshevga ko`ra, tashrif kutilmagan xarakterga ega emas, Qozog`iston prezidenti yaqinda O`zbekiston bilan tuzilgan shartnomalarni o`z vaqtida mustahkamlashga qaror qilgan.

XS
SM
MD
LG