Breaking News

Huquq faoli Yelena Urlayeva qalloblikda ayblanmoqda


Toshkentda ichki ishlar xodimlari, huquq faoli “Yelena Urlayevaning kaltaklanishiga biz aydbor emasmiz”, - deya ta’kidlamoqda.

O`zbekiston Huquq Himoyachilari Alyansi a`zolari Urlayevaning kaltaklanishida hukumat organlarini ayblayotgan edi.

O`zbekiston huquq-tartibot organi vakilining matbuotda bergan izohiga ko`ra, Urlayevaning kaltaklanishi uning qamoqdagi mahbusni ozod etish haqidagi va'dasi bilan bog`liq.

Huquq-tartibot organi vakiliga ko`ra, Urlayeva advokatlik xizmatini ko`rsatish orqali mahbusni ozodlikka chiqarish uchun pul olgan va kaltaklash mahbusning qarindoshlari tomonidan amalga oshirilgan.

Urlayevaning aytishicha esa bu ma’lumot hukumat vakillari tomonidan to`qilayotgan navbatdagi yolg`on va u hech kimdan pul olmagan.

“Unda voqea joyidan turgan bezori ayollarni quvlab ketgan ikki militsioner ayol nega g`oyib bo`ldi? Ular nega voqea haqida xabar berishmadi? Qonunga ko`ra xabar berishi kerak edi, ular hammasi bir guruh edi”, - deydi Urlayeva.

Alyans O`zbekiston Bosh prokuraturasiga murojaat qilib, Urlayevani kalataklagan ayollarni topish va jazolashni talab qilgan.

Urlayeva 4 yanvar kuni Toshkentda noma`lum ayollar tomonidan kaltaklab ketilgan edi.

XS
SM
MD
LG