Breaking News

Coscom 10 kun xizmat ko'rsatmaydi


AQSh-O`zbekiston qo`shma uyali aloqa kompaniyasi – "Coscom" 6 fevraldan boshlab, 10 kun muddatga xizmat ko’rsatish maydonidan g’oyib bo’lgan. Kuzatuvchilar fikriga ko`ra, bu muddat kompaniyani raqobatdan chiqarish uchun yetarli.

“Coscom” O`zbekiston uyali aloqa bozorida xizmat ko`rsatayotgan yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Aloqa sohasida yetakchi kompaniyalar - “Uzdunrobita” va “Uzdaewoo” Rossiyaning MTS hamda Bilayn kompaniyalari tomonidan sotib olingan. Rossiya biznes doirasiga kirmagan birgina raqobatchi - “Coscom” kompaniyasi bo’lib qolmoqda.

“Coscom” kompaniyasiga nisbatan avval ham O`zbekiston soliq idoralari tomonidan e’tiroz bildirilgan, biroq keyinchalik bu e’tirozlarning o`rinsizligi isbotlangan edi.

Bu e`trozlar kompaniya tomonidan mijozlarga xizmat ko`rsatish qoidalari buzilganligi, abonentlar bir necha soat mobaynida aloqasiz qolganligi bilan bog’liq.

“Coscom” kompaniyasi tarqatgan ma’lumotga ko`ra, aloqadagi uzilishlar elektr tarmog`idagi kuchlanishlar bilan izohlangan.

Bu mojaro avvaliga Mirzo Ulug`bek tumani sudida ko`rilgan, tuman xo`jalik sudi O`zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi e’tirozlarini o`rinsiz topish haqida qaror chiqargan. Keyinchalik Shahar xo`jalik sudi Agentlikning e`trozlarini o`rinli topib, kompaniyani 10 kun muddatga xizmat ko`rsatish doirasidan chetlashtirish haqida qaror qabul qilgan.

“Coscom” kompaniyasi o`z saytida qo`shma korxonaning bosh direktori Avram Smit bilan ochiq intervyu e`lon qildi.

Bosh direktor intervyuda O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining e’tirozlari inobatga olinib, muammo bartaraf etilganini aytgan. Avvalgi aloqa uzulishi natijasidagi noqulayliklar uchun mijozlarga qo`shimcha vaqt ajratilgan. Ayni paytdagi uzulishlar uchun ham shunday imtiyozlar rejalanmoqda.

Ekspert Toshpo`lat Yo`ldoshev ushu majoralar sabibini “Coscom” kompaniyasi AQSh investorlariga qarashli ekanligida ham ko`radi.

“Hozir raqobat kuchaygan, asosan, Rossiya kompaniyalari faoliyat ko`rsatmoqda. “Coscom” AQShga qarashli kompaniya. Unga nisbatan talabning kuchaytirilishi, mening nazarimda, shu bilan ham bo`gliq. Kimlar unga qarshilik qilayotgani ayon. 10 kun mobaynida kompaniya ishlamas ekan, barcha mijozlar ketib, shu bilan kompaniyaning bankortlikka tushushi mumkin”, - deydi ekspert.

O`zbekiston mobil aloqa bozorida hozir, asosan, Rossiyaning MTS va Bilayn kompaniyalari yetakchilik qilmoqda. Ta’kidlanishicha, aloqa bozorining Rossiya kompaniyalari tomonidan monopollashtirilishi ehtimoldan holi emas.

“Coscom” kompaniyasining ham rossiyalik sarmoyadorlar tomonidan sotib olinishi mumkinligi haqida ma’lumotlar mavjud.

“Coscom” qo’shma korxonasi bosh direktorining aytishicha, kompaniya belgilangan muddatdan keyin O`zbekistonda ishlashda davom etadi.

XS
SM
MD
LG