Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar agentligi Pokistonda yashayotgan afg’onistonlik muhojirlarni vatanga qaytarishda davom etyapti.
Agentlik idorasi joylashgan Jenevadagi muxbirimiz Liza Shlayn xabariga ko’ra, ayni paytda Pokistonda ikki milliondan ortiq afg’onlar istiqomat qiladi.
Qochqinlar agentligi vakili Ron Redmondning aytishicha, yordamga muhtoj qochqinlarni aniqlash uchun ular ro’yxatdan o’tkaziladi va shaxsi tekshiriladi.
"Qochqinlar haqidagi ma’lumotlarni bir joyga to’plaganmiz, deydi Redmond. Qochqinlar agentligidan qayta yordam olish maqsadida, ba’zi afg’onlar Pokistonga qaytib kelmoqda."
BMT Qochqinlar agentligi vatanga qaytayotgan afg’onlarga hayotini qayta boshlash katta yordam ko’rsatadi, ular qurilish materiallari, turli jihozlar va pul bilan ta’minlanadi.
Ammo Pokiston va Eronda qariyb 20 yildan beri yashab kelayotgan minglab afg’onlar vataniga qaytmoqchi emas, deydi agentlik vakili. Afg’onistonda sharoit og’ir.
"Qochqinlarning askariyati Kobulga qaytmoqda, ammo u yerda yashash oson emas. Agentlik esa ularni qishloq joylariga qaytishga undamoqda."
BMT Qochqinlar agentligi Pokiston va Erondan bu yili 250 ming afg’onni vataniga qaytarmoqchi.