Breaking News

AQSh yillik hisoboti: O'zbekistonda inson huquqlari ahvoli o'zgarmagan


Bugun AQSh Davlat departamenti jahon bo’ylab inson huquqlari ahvolini yoritgan o’zining yillik hisobotini chop etdi. Unda jahonning har bir mamlakatidagi vaziyat ta’riflanadi.

Hisobot AQSh Kongressi buyurtmasiga binoan 30 yildan buyon har yili tayyorlanadi. Hisobotni taqdim etarkan AQSh Davlat kotibasi Qo'shma Shtatlarning o'zi kamol davlat emas, dedi. Hisobot bosh so'zida keltirilishicha, xalqaro tashkilotlar AQShning terror tahdidlariga nisbatan ko'rgan choralari va harakatlari inson va fuqarolik huquqlarining poy-mol etilishi hisobiga bo'layotganini ta'kidlashadi.

Inson huquqlari hisobotiga ko’ra, O’zbekiston hukumati o’tgan yil davomida 200 ga yaqin nodavlat tashkilotlarni yopishga buyurgan, jumladan xalqaro tashkilotlarni ham. Mustaqil jurnalistlar va huquq himoyachilari muntazam ravishda ta’qib etiladi. Majburiy mehnatga haligacha barham berilmagan.

Qirg’izistonda esa aksincha vaziyat yaxshilanmoqda, deya ta’kidlanadi hisobotda. 2006 yilda Konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlar ijroiya hokimiyat harakatlarini nazorat qilishga imkoniyat berdi. Shunga qaramay Qirg’izistonda ham chetdan yordam olgan mahalliy nodavlat tashkilotlar ta’qib qilingan, deyiladi AQSh Davlat departamentining yillik hisobotida.

XS
SM
MD
LG