Breaking News

Po'lat Oxun o'zbek muxolifatiga yangicha yondashuv taklif qilmoqda


Birlik partiyasi rais o’rinbosari Po’lat Oxun muxolifat o`z faoliyatini o`zgartirishi, yangicha ish uslubini tanlashi lozim degan tashabbus bilan chiqmoqda.

Po’lat Oxun “Birlik” partiyasi nomidan emas gapirmayotganini, balki o’z shaxsiy qarashlarini bildirayotganini aytadi.

Oxun bundan bir necha yil avval o`zbek muxolifatini birdamlikka chaqirgan edi. Biroq o’tgan yillarda muxolifat o’rtasida tarqoqlik yanada kuchaygani kuzatiladi.

Po`lat Oxun nazarida o`zbek muxolifati hukumat bilan murosaga borgan holda faoliyat yuritishi kerak.

Uning fikricha muxolifat partiyalari ro`yxatga olinishni kutmasdan tuman va viloyatlarda hokimyatlar bilan mahalliy muammolar yechimi uchun birga ishlashi lozim.

“Oddiy odamni hayotini yengillashtirish nuqtai nazaridan qatnashish, lekin hozirgi dushmanlik holatida, konfrontatsion holatda yondoshadigan bo`lsak, biz kiritgan takliflar qaytarib tashlanadi, chunki bu dushmanlarni fikri”, - deydi u.

Po`lat Oxunning bildirishicha hukumatni muxolifatning bunday faoliayatiga javoban qanday harakatda bo`lishini aytish qiyin. Mamlakatda saylovlar yaqinlashayotgan bir paytda hukumatga bu narsa kerak emas, biroq saylovlar o`tgandan keyin hukumat siyosatida o`zgarish bo`lishi mumkin.

Bunday faoliyat yuritgan taqdirda muxolifat O`zbekistondagi rasmiy partiyalar maqomiga tushib qolmasligiga qanday kafolat bor, degan savolga u unday javob beriladi:

“Rasmiy partiyalar muxolif emas, lekin biz o`zimizning tanqidiy fikr bildirishimizdan voz kechmayapmiz. Biz O`zbekistonda demokratiya uchun yuritilayotgan harakatlarni qo`llab- quvvtlaymiz. Zid bo`lagan narsalarni konstruktiv tanqid qilamiz. Agar maqsad bir ishni amalga oshirish bo`lsa, buni qilsa bo`ladi. Lekin maqsad faqat shu odamlarni tanqid qilish bo`lsa, bu boshqa masala”.

Po`lat Oxun nazarda tutayotgan muxolifat faoliyati yangi bir partiya ko`rinishida paydo bo`lishi mumkin, lekin uning o`zi bunday partiya tashkil etish tashbbusidan yiroqligini urg`ulaydi.

Oxun ko`plab muxolifatchilar tomonidan hukumatga yon bosayotganlikda ayblangan. Lekin, deydi uning o’zi, bu tashabbusni yoqlovchi muxolifatchilar ham bor.

“Agar muxolifat ish uslubini o`zgartirmasa, 15 yildan buyon hech narsaga erisha olmasa, hozir o`zimizdan ham bir xato o`tgan-ki, qo`yilgan maqsadlarga erisha olmayapmiz deb o`ylashi kerak. Shunga tanqidiy qarab ba`zi bir narsalarni qabul qilishi kerak, birinchisi konstruktiv muloqot, kompomisga o`tish va biron natijaga erishishga harakat qilish ”, - deydi Po`lat Oxun.

1990-yillar boshida O`zbekiston muxolifati mamlakat siyosatida muhum o`rin tutgan, jumladan muxolifatdagi “Erk” partiyasining raisi Muhammad Solih O`zbekiston prezidentligi saylovlarida nomzod sifatida ishtrok etgan.

Keyinchalik O`zbekiston hukumatining muxolifatga boshlagan tazyiqlaridan so`ng muxolifat faollari birin ketin mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo`lgan va ko`plab muxolifatchilar qamoqqa tashlangan.

XS
SM
MD
LG