Breaking News

Rohat Aliyev Avstriyada hibsga olindi


Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning kuyovi Rohat Aliyev Avstriyada hibsga olindi. Unga qarshi Qozog’istonda ikki bankirni o’g’irlashga buyurganlik aybi qo’yilgan. O’tgan dushanba kuni uni hibsga olish uchun xalqaro order chiqarilgan edi. Qozog’iston Ichki ishlar vazirligiga ko’ra, Rohat Aliyev mamlakatda jinoiy tarmoqqa bosh bo’lgan.

O’tgan hafta prezident Nazarboyev kuyovini Avstriyadagi elchilik lavozimidan bo’shatgan edi. Aliyevning o’zi ayblovlarni soxta deb atamoqda va ularning ortida siyosiy sabablar borligini aytadi.

Lavozimidan olinishidan bir necha kun burun Rohat Aliyev qaynotasini konstitutsion tuzatishlar orqali cheksiz muhlatga saylanish huquqiga ega bo'lganini tanqid qilgan edi. Ma'lumki, Dariga Nazarboyevaning turmush o'rtog'i bir necha oy burun o'z nomzodini 2012 yilda prezidentlikka qo'yish istagi borligini aytgan edi.

Aliyev Avstriya adliyasidan uni Qozog’istonga chiqarmaslikni so’ramoqda. Avstriya Bosh prokuraturasi 48 soat ichida qarorini ma’lum qilishini bildirgan.

XS
SM
MD
LG