Breaking News

Xayligendammda Katta Sakkizlik uchrashmoqda


Jahonning sakkiz qudratli davlati rahbarlari bugun Germaniyaning Xayligendamm shahriga yig’ilgan.

Boltiq dengizi bo’yidagi qadim shahar har qachongidan-da gavjum.


Katta Sakkizlik sammiti qizg’in namoyishlar va siyosiy kelishmovchiliklar ostida boshlanmoqda. Politsiya namoyishchilarni suv bilan tarqatishga harakat qilgan.

Namoyishchilar asosan AQSh siyosatini qoralamoqda va Iroqdagi urushga qarshilik bildirmoqda. Rasmiylarning aytishicha namoyishchilar soni 100 mingga yaqin. Tartibni saqlash uchun ko’proq politsiya safarbar etilgan.

Germaniya kansleri Angela Merkel mezbonligidagi anjumanda Britaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, AQSh, Kanada va Rossiya rahbarlari qatnashmoqda.

Shuningdek, muzokaralarda Xitoy, Hindiston, Meksika, Braziliya va Janubiy Afrika rahbarlari ham qatnashadi.


Germaniya global iqlimdagi salbiy o’zgarishlar dunyo oldida turgan eng muhim masala deb chiqmoqda. Yirik davlatlar bunga qo’shiladi, ammo muammoga qarshi qanday kurashish haqida umumiy qarash mavjud emas.

Sammit oldidan AQSh-Rossiya o’rtasida boshlangan tortishuv, rasmiylar nazarida, anjumanga soya solmoqda.

Rossiya AQShni Chexiya va Polshada yangi mudofaa tizimlari o’rnatib, mintaqa xavfsizligiga rahna solayotganlikda ayblamoqda.

Bush esa mudofaa tizimi Eron tug’dirayotgan xavfga qarshi qo’yiladi deydi. Eron esa u qadar kuchli raketalarga ega emasligini bildirmoqda.

Bush prezident Vladimir Putin va butun Rossiyaga qarata xavotirga hojat yo’q demoqda.

"Rossiya bizning dushmanimiz emas. Mudofaa tizimi sizga qaratilmagan. Bizning dushmanimiz erkin jamiyatlarni yo’q qilishga bel bog’lagan ekstremist va radikal kuchlar, deydi Bush. Uning aytishicha Sovuq urush tugab bo’lgan va endilikda global siyosatda muvozanat ham o’zgargan",- deydi Bush.

Biroq, deydi Bush, AQSh Rossiyada demokratik islohotlar oqsayotganidan tashvishda.

Erkinlik yo’lini to’sayotgan davlatlar, ya’ni Venesuela, Birma, Kuba va Belarus singari davlatlar qatorida Bush O’zbekistonni ham tilga oldi. Bush sammit doirasida Putin bilan alohida muloqot qiladi.

XS
SM
MD
LG