Breaking News

Avstriya Rohat Aliyev ustidan jinoiy ish qo'zg'atilganini inkor etmoqda


Rossiyaning RIA "Novosti" axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning kuyovi Rohat Aliyev ishini ko’rayotgan Avstriya tergovchilari Qozog’iston Ichki ishlar vazirligining “Venada Aliyevga qarshi jinoiy ish qo’zg’aldi” degan bayonotini inkor etmoqda.

Kecha vazirlik so’zlovchisi Bagdat Kojaxmetov Qozog’istonning Avstriyadagi sobiq elchisi Rohat Aliyevga nisbatan Avstriyada jinoiy ish ochildi, degan edi.

Qozog’istonda Aliyevga odam o’g’irlash va qalloblik ayblari qo’yilgan. Biroq Avstriya prokuraturasi vakili Gerxard Yaroshning RIA Novostiga bugun aytishicha, ayni damda Qozog’iston hukumatining Aliyevni vataniga ekstraditsiya qilish talabini ko’rib chiqmoqda xolos.

Nazarboyevning to’ng’ich kuyovi 1 iyun kuni Venada hibsga olingan va 3 iyun kuni bir million yevro evaziga sud qarorigacha ozod etilgan edi.

XS
SM
MD
LG