Breaking News

Bushning tanqidi O'zbekistonda nimani o'zgartiradi?


O'zbekistondagi inson huquqlari faollari fikricha fuqaro erkinliklarining e’zozlanishi bugungi vaziyatga xalqaro hamjamiyat qanchalik e`tibor berishiga bog’liq.

AQSh prezidenti Jorj Bush tomonidan Pragada qilingan bayonat ayrim faollar orasida umid uyg`otgan. Biroq yuqori minbardan qilingan bayonot aniq harakatlar bilan kuzatilishi kerak.

AQSh prezidentiga ko`ra O`zbekistonda demokratiya qaror topishi borasida avval qo`lga kiritilgan yutuqlar endi boy berila boshlagan. O`zbekiston dunyoda erkinlik va inson huquqlari buzilayotgan davlatlardan biri bo`lib qolmoqda. Demokratik tamoyillar qaror topishi uchun AQSh yordam berishga tayyor, deydi Bush.

12 iyun kuni AQSh Davlat departamenti chiqargan yillik tahlilnomada ham O'zbekiston Saudiya Arabistoni, Eron, Suriy va Shimoliy Koreya singari huquq eng keng va qo'pol tarzda buziladigan mamlakatlar sifatida tilga olinadi. O'zbekiston inson savdosiga qarshi qattiq kurashmayotgan davlatlardan biri deb ta'riflanadi.

Hukumat doirasidagi ekspertlar esa O`zbekistonning tanqidga olinishi huquq bilan emas, siyosat bilan bo`gliq.

Mintaqaviy Siyosat Jamg`armasi eksperti Sulton Mahmud Sultonovning ayrim saytlarda bildirgan munosabatiga ko`ra, AQSh faqat o`z manfaatlarini ifodalovchi davlatlardagina erkinlikni ko`radi, e`tirof qiladi.

Ekspertga ko`ra AQSh harbiy bazasi O`zbekistondan chiqarilgani uchungina O`zbekiston demokratiyadan chekinayotganlikda tanqid qilingan.

Huquq himoaychilariga ko`ra AQSh Davlat departamenti hisobotlarida O`zbekistondagi inson huquqlariga bo`gliq vaziyat hamisha tashvishli deya baholanadi, bugungu kundagi vaziyat esa haqiqatda achinarli.

Huquq himoyachisi Baxtiyor Hamroyev fikricha O`zbekistonda o’zi sanoqli huquq himoyachilari bor va ular xalqaro jamoatchilik e`tiboriga muhtoj.

O`zbekiston huquq himoaychilari alyansi vakili Abdulla Tojiboy og`liga ko`ra AQSh prezidenti bayonoti hukumatga ta’sir qilishi mumkin.

Shundan kelib chiqqan holda, deydi u, inson huquqlari ahvolini o`zgartirish, huquq himoyachilariga yordam berilishiga umid qilish mumkin.

“Mazlum” inson huquqlari jamiyati rahbari A`zam Turg’unov AQSh prezidentining gaplari hech narsani o’zgartirmaydi deydi.

“AQSh grantlar bilan hukumatga ham, muxolifatga ham yordam berib kelgan, masalan hukumatga yuz so`m bersa, muxolifatga bir som bergan. Hozir bunday moddiy ko`mak olgan, faoliyat yuritgan odamlarga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilmoqda. Bunday yo`lning yordam berishi qiyin. Agar Tashqi ishlar vazirligi darajasida ta’sir qilish [salohiyatini] saqlab qolgan bo`lsa, o`sha tomondan ta’sir qilishi kerak”, - deydi Turg`unov.

Uning aytishicha, AQSh xohlagan taqdirda inson huquqlari va demokratiya bilan bo`gliq vaziyat o`zgarishi mumkin.

“Agar sanksiyalar yuqorida o`tirgan rahbarlarga ta`sir etish darajasida qo`yilsa, bu haqiqiy yordam bo`ladi. AQSh hozirgi paytda ham dunyoning turli joylarida ozgina bo`lsada ma’lum siyosiy o`zgarishlar qilish qudratiga ega”, - deydi Turg`unov.

Ekspertlardan biriga ko`ra O`zbekiston hukumati hozirda demokratik davlatlar bilan emas, inson huquqlariga uncha e’tibor bermaydigan Rossiya va Xitoy kabi mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlamoqda.

XS
SM
MD
LG