Breaking News

O'zbekistonda 2008 yil Yoshlar yili deb e'lon qilindi


O'zbekiston konstitusiyasining 15 yilligi munosabati bilan o'tgan tadbirda O'zbekiston prezidenti nutq so'zladi.

Islom Karimov o'tgan davr ichida mamlakatda amalga oshirilgan ijtimoiy muhofaza siyosati, fuqarolik jamiyati, O'zbekiston xalqining konstitusiyada bayon etilgan huquqlarini himoya qilish va kafolatlash uchun amalga oshirilgan ishlar haqida uzoq gapirdi.

Prezident O'zbekiston aholisining 64 foizini 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil etishini inobatga olib, 2008 yilni Yoshlar yili sifatida belgilashni taklif etdi.

8 dekabr - O`zbekiston konstitusiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan bir guruh huquq himoyachilari respublika prokuraturasi oldida norozilik namoyish o`tkazdi.

Ular O`zbekistonda konstitusiya buzilishiga chek qo`yib, mamlakatdagi siyosiy mahbuslarni ozod etishni talab qildilar.

“Hozir Sanjar Umarov, Mo`tabar Tojiboyeva, Jamshid Karimov, A’zamjon Farmonov va muxolifatning boshqa ko`plab a’zolari qamoqda saqlanmoqda. Hukumat ularni ozodlikka chiqarmaslik uchun barcha harakatlarni qilayapti. Bu siyosiy mahbuslar O`zbekistondagi rejim qurbonlari. Biz siyosiy mahbuslarning ozod etilishini talab qilamiz”, - deydi huquq himoyachisi Yelena Urlayeva.

O`zbekiston prezidenti konstitusiya so`zlagan nutqida prezident saylovi konstitusiyaga muvofiq demokratik tarzda o`tishini ta`kidlagan.

Piket ishtirokchilari fikriga ko`ra, O`zbekiston konstitusiyasi davlat rahbari tomonidan buzilmoqda.

“Konstitusiyaning 90-moddasiga ko`ra, bir kishi uchinchi muddatga prezidentlikka ko`rsatilish huquqiga ega emas. Prezident esa uchunchi muddatga ham qatnashayapti”, - deydi huquq himoyachisi Abdulla Tojiboy o`g`li.

Mamlakatda saylovchilarning asosiy qismi yoshlar. 2008 yilning Yoshlar yili deb e’lon qilinishi yuzasidan u shunday fikrda.

"16 yil mobaynida ular uchun yaratilmagan sharoitlarni endi prezident bo`lsa, yaratib berarmish. Bu bo`lmagan gap. Qolaversa, yoshlarning o`zi qolmayapti. Ularning hammasi chet elga qul bo`lib ketayapti. U yoshlar huquqlarini ta`minlash uchun garantman, deydi. Shunday ekan, nega 16-35 yoshdagi fuqarolarning, chet elda halok bo`layotgan yoshlarning huquqlarini himoya qildi", - deydi Abdulla Tojiboy o`g’li.

XS
SM
MD
LG