Breaking News

Afg'onistonga qo'shimcha uch ming amerikalik askar jo'natiladi


AQSh Afg’onistonga qo’shimcha uch ming askar jo’natmoqchi.

Tolibonga qarshi kurashni kuchaytirish hamda afg’on armiyasini tayyorlash maqsadida, deydi AQSh mudofaa vaziri Robert Geyts.

Afg’onistonda Tolibon harakati erta bahorda avj olishi kutilmoqda. Afg’onistonda erishilgan yutuqlarni qo’ldan boy bermaylik deydi Geyts.

AQSh Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti NATOga a’zo davlatlardan ham yordam kutmoqda. Vazirning aytishicha, ularning yetti ming askar safarbar etish va’dasi haligacha bajarilgani yo’q.

Afg’oniston Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Sulton Ahmad Bahin mamlakatda AQSh askarlari sonini oshirish qarorini olqishlamoqda. Xavfsizlikni ta’minlashning eng yaxshi yo’li, deydi u, afg’on armiyasi malakasini oshirish.

NATO Bosh kotibi Yap de Xop Sxeffer esa iqtisodiy taraqqiyot dasturlariga ko’proq e’tibor berish kerak deydi.

Afg’onistonda jami 55 ming xorijiy askar xizmatda. AQSh qo’shimcha uch ming askarini mamlakat janubiga safarbar etmoqchi.

XS
SM
MD
LG