Breaking News

Prezident Bush ta'biricha Eron terrorizm homiysi


AQSh prezidenti Jorj Bush ta’biricha Eron terrorni qo’llab-quvvatlayotgan yirik davlatlardan.

Yaqin Sharq bo’ylab 9 kunlik safarini yakunlayotgan Bushning aytishicha, Eron Iroq, Livan va Falastindagi jangarilarga qurol va moliyaviy ko’mak yetkazmoqda.

Mintaqadagi davlatlar erkinlik tomon qadam qo’yayotgan bir pallada, Eron hukumati o’z xalqini pisand qilmaydi, qo’shnilariga tahdid soladi, deydi AQSh rahbari.

Eron Tashqi ishlar vazirligi AQShni mamlakatni yakkalab qo’yishga urinayotganlikda tanqid qilgan.

XS
SM
MD
LG