Breaking News

Pan Gi-Mun yadroviy qurollar poygasidan xavotirda


BMT Bosh kotibi Pang Gi-Mun fikricha davlatlar atom quroli yaratishda ishlatiladigan materiallar yuzasidan tezroq bir qarorga kelishi zarur.

Pang Gi-Mun yadroviy qurollar poygasi boshlanib ketishidan xavotirda. BMT qoshida 1979 yilda tuzilgan Qurolsizlanish Konferensiyasiga 65 davlat kirgan.

Qurolsizlanish konferensiyasida gapirar ekan, Pan Gi-Mun dunyo atom xavfini anglab yetishi, uyg’onishi lozim dedi.

Uning fikricha tashkilot xalqaro tinchlik va xavfsizlik borasida ko’zlangan umidlarni oqlolmayapti. “Biz o’zgarishlar istaymiz, qurollanish poygasi avj olmasligi uchun muzokaralarni boshlash darkor”, deydi u.

“Qurollar poygasi vaziyatni taranglashtiradi. Qurol orttirishga qaratilgan kuch va energiyani boshqa ijobiy maqsadlarga, masalan BMTning taraqqiyot dasturlariga sarflash kerak”, - deydi Pan Gi-Mun.

BMTning Mingyillik Taraqqiyot deb nomlangan loyihasi 2015 yilga qadar dunyo bo’ylab qashshoqlikni 50 foizga qisqartirishni maqsad qilgan.

Bosh kotib qurolsizlanishga qaratilgan biror ijobiy muzokara olib borilmayapti deydi. Uningcha bunga a’zo davlatlarning tashkilot nizomiga rioya qilmayotgani sabab bo’lmoqda.

AQSh, Rossiya, Xitoy va boshqa davlatlar atom quroli yaratishga ishlatiladigan plutoniy va uranni boyitishni man etish yuzasidan bir fikrda emas.

Bu borada tezroq bir kelishuvga kelinsa, deydi BMT bosh kotibi, atom qurollaridan ham voz kechishga shuncha tez erishilgan bo’lardi.

“Har bir davlat atom mahsulotlari borasida shunday qaror qabul qilsinki bu boshqalarga ziyon yetkazmasin”, - deydi Pan Gi-Mun.

XS
SM
MD
LG