Breaking News

Tojikistonda yetakchi muxolifatchi vafot etgan


Tojikistonda Islom Uyg’onish Partiyasining yetakchi a’zolaridan biri, Shamsiddin Shamsiddinov qamoqda rak kasalidan vafot etgan.

Partiya rahbarining o’rinbosari bo’lgan Shamsiddinov 2003 yil 16 yilga qamalgan edi. U chegaradan noqonuniy ravishda o’tish, ko’p xotinlilik va qator boshqa ayblovlar bo’yicha sudlangan. Islom Uyg’onish Partiyasi Shamsiddinov siyosiy qarashlari uchun qamalgan demoqda.

Bugun, shuningdek, Afg’oniston chegarasiga yaqin joyda 500 kilogrammdan ortiq qoradori va uni chegaradan olib o’tishga harakat qilgan kontrabandachilar ushlangan.

XS
SM
MD
LG