Breaking News

"Amerika Ovozi" TV dasturlarini qabul qilish qo'llanmasi


Sun’iy yo’ldoshli antennaning tomonlarini o’zgartirishdan avval uni ishlab chiqargan kompaniya qo’llanmasini ko’zdan kechiring. ASIASAT-3 antennasi ekvatorning 100.5 yo’nalishida joylashgan. Uni topish uchun sizning antennangiz sun’iy yo’ldosh antennasi tomon qaratilgan bo’lishi lozim. Qo’llanma ichidagi jadvaldan sizga yaqin shaharning azimutini va dengiz sathidan qancha balandligini toping. Antennani shu burchakka qo’yish uchun sizga magnitli kompus va inklinometr (og’ishni o’lchovchi asbob) kerak bo’ladi.

Endigi vazifa sizning DVB/MPEG 2 sun’iy yo’ldosh signalini qabul qiluvchi asbob menyusiga quyidagi, ya’ni IBB (Xalqaro Axborot Vositalari Kengashi) antennasi o’lchamlarini kiritish bo’ladi: C to’lqinida (band) 3880 MHZ da yoki L to’lqinida (band) 1270 MHZ da; Ramz bahosi/ Symbol rate: 20.4 mS/s Xatolarni to’g’rilash/ Forward Error correction: Tizim nomi/ Network Id: 1

Signal polarizatsiyasini gorizontal tarzda qo’ying. Keyin esa o’z antennangizni asta azimut va dengiz sathi balandligiga qarab to’g’rilashni boshlang, bunda endi sun’iy yo’ldosh signali qay darajada olinayotganiga e’tibor berishingiz kerak. Signal qabul qilish darajasi asbobning ko’rsatmasida berilgan bo’lishi kerak.

Antenna bizning ASIASAT-3 dagi tizimimizda signal darajasi eng yuqori bo’lganda to’g’rilanadi. Qabul qiluvchi antenna bizning (IBB) signalni sezganda, mahkamlanishi kerak; bu holda siz suratni ko’rib, ovozni tinglay olasiz.

Esda tuting, dasturlarimiz ASIASAT-3 tizimining 370-kanalida havoga uzatiladi.

Agar sizning antennangiz polyar moslamali bo’lsa, unda azimut va dengiz sathidan balandlikka e’tibor bermasangiz ham bo’ladi. Antennani sharqiy yoki g’arbiy tomon buringda, eng sifatli signalni olganingizda, uni mahkamlang.

Masalan, agar Toshkentda bo’lsangiz, sun’iy yo’ldosh signalini olish uchun sizga 32.7 azimut va gorizontal balandlik burhchagi gradusi lozim. Haqiqiy azimut esa (magnit emas!) 137.3 gradusda bo’lishi lozim. Bu raqamlar qo’llanmaning kelasi sahifalarida berilgan.

Demak, agar antennangizda avvaldan to’grilangan moslama bo’lsa, unda siz moslamani sal bo’shashtirishingiz kerak bo’ladi. Antennani qo’llanmadan topadigan raqamlarga asoslanib, joylashtirasiz. Magnitli kompus va inklinometr bunda sizga qo’l keladi. Mabodo moslama aniq ravishda to’grilanmasa, xavotir olmang, chunki uni keyinroq o’z o’rniga qo’yish mumkin.

Bunday keyin IBB o’lchamlarini o’z antennangizga kiriting, uning signal qabul qilishini gorizontal ravishda qo’ying. Signal qabul qiluvchi qismni antennadagi LOW NOISE BLOCKDOWNCONVERTER ga 4 metrga yaqin uzunlikdagi kabel bilan ulang.

Agar asbobni tomga olib chiqishning iloji bo’lmasa, antennani moslashtirayotganingizda, kimdir siz uchun antennaning signalini qulay joydan kuzatib turishi kerak bo’ladi. Antennani azimuti va balandligiga qarab, aniq signalni topguncha, qimirlatavering va eng aniq signalni topganda, uni mahkamlang. WORLDNETning signali kuniga 24 soat uzatiladi.

Endi antenna moslamasini mahkamlang va signalning qay darajada kelayotganini qayta tekshiring. Signal siz moslamani mahkamlayotganingizga o’zgarmasligi kerak. Agar shunday bo’lsa, unda yana boshqatdan to’g’rilang. Motorli polyarga ega antennasi bor tele-markazlar uchun ish osonroq bitadi.

Televizion sun’iy yo’ldosh qabul qilish asbobini WORLDNET to’lqiniga moslang va signal tarqatuvchini gorizontal tarzda qo’ying. Keyin esa antennani Clarke Beltni oladigan ravishda qo’ying. Eng yuqori darajadagi signalni topgach, ASIASAT-3 ni antennangiz moslamasiga qo’shing, chunki undan kelajakda foydalanasiz. Buni qanday qilish uchun ham o’z antennangiz qo’llanmasidan foydalaning.

XS
SM
MD
LG