Breaking News

Afg'onistonda hukumat general Do'stum bilan nizolashmoqda


AQShning "Nyu-York Tayms" gazetasiga ko'ra, o’tgan yakshanba Afg’onistonda politsiya o’zbeklar sardori general Abdul Rashid Do’stumning poytaxt Kobuldagi uyini qurshab olgan. Bunga ellik nafar kishining Do’stumning siyosiy raqiblaridan birining uyiga bostirib kirib, uni do’pposlagani sabab qilib ko’rsatilmoqda.

Do’stum ayni damda “Junbishi Milliy” deb nomlangan siyosiy partiya va armiya bosh qo’mondoni shtabini boshqaradi.

Xabarlarga ko’ra, turkman millatiga mansub jabrdiyda siyosatchining ismi Akbar Boy, Do’stum partiyasining sobiq a’zosi, o’tgan yili generalni qator jinoyatlarda ayblab partiyadan chiqib ketgan.

Politsiya mahkamasi boshlig’i general Salim Hassosning aytishicha, Akbar Boydan tashqari Do’stumning odamlari uning og’li va bir tan soqchisini ham kaltaklagan, yana bir soqchisiga esa o’q uzgan.

Parlament a’zosi Muhammad Olim Sayi fikricha esa bularning barchasi hukumat tomonidan Do’stumga qarshi qaratilgan ig’vodir.

XS
SM
MD
LG