Breaking News

Al-Qoida Amerika uchun hamon eng katta tahdid


AQSh davlat razvedkasi rahbarining aytishicha, Al-Qoida Amerika uchun hamon eng katta tahdid bo’lib qolmoqda.

“Al-Qoida yangi odamlarni yollash va tayyorgarlikdan o’tkazish orqali AQShga hujum qilish salohiyatini oshirmoqda,” - deydi Mayk Makkonel.

Unga ko’ra, o’tgan yili razvedka agentliklari ayrim yutuqlarga erishdi. Shu ma’nodaki, 2007 yilda AQSh yoki uning ittifoqchilariga nisbatan yirik xurujlar kuzatilgani yo’q.

AQSh bosh razvedkachisi fikriga ko’ra Al-Qoida rahbari Usama Bin Laden va boshqa terrorchilar hamon Pokistonning qabilaviy hududlarida yashirinib yuribdi.

Al-Qoidaning Iroqdagi bo’linmasi katta kuchga ega deydi Makkonel. Koalitsiya bosimni oshirar ekan, Al-Qoida jangarilarini boshqa mamlakatlarga yo’llamoqda.

Tashkilotning 100 ga yaqin a’zosi Iroqni tark etgan – kichik guruhlar tuzish uchun, deydi AQSh rasmiysi.

XS
SM
MD
LG