AQSh prezidentligiga nomzodlarni saralash bo’yicha 24 shtatda o’tgan saylov va yig’inlarda demokratlardan Xillari Klinton g’alaba qozongan.
Respublikachi nomzodlar orasida esa senator Jon Makkeyn oldinda bormoqda.
Jon Makkeyn Nyu-York, Nyu-Jersi, Kaliforniya va qator boshqa shtatlarda g’alaba qilgan.
Uning raqiblari – Mitt Romni va Mayk Hakabi – hozircha poygani tark etmoqchi emas.
Demokrat nomzodlar orasida yetakchi Xillari Klintonga 8 shtat saylovchilari yuqori baho bergan. Jumladan lotin-amerikalik saylovchilar hamda xotin-qizlar.
Har bir shtatda erishilgan g’alaba natijasiga qarab, prezidentlikka nomzodlarga delegatlar tayinlanadi. Ular esa, o’z navbatida, partiyadan yagona nomzod kim bo’lishini belgilaydi.
Klintonga raqib Barak Obamani 13 shtat ma’qullagan.
Biroq u Klintonchalik ko’p vakil yig’a olmagan. Klinton hozirgacha 783 vakilga ega. Obama esa 709.
Demokratik nomzod bo’lish uchun 2025 delegat ovozini olish kerak. Respublikachi nomzod esa – 1191.
Hozircha har ikki partiya – demokratlar va respublikachilar – prezidentlikka yagona nomzodni tanlash bilan band. Ular aniqlangach, asosiy poyga boshlanadi.