Breaking News

AQSh Afrika davlatlariga yordamni oshirmoqda


Prezident Bush bugun Afrika davlatlari bo’ylab 5 kunlik safarini boshlaydi. U Benin, Tanzaniya, Ruanda, Gana va Liberiyada bo’ladi.

Tashrif Qo’shma Shtatlarning Afrikadagi harbiy, iqtisodiy va gumanitar manfaatlarini ko’zlaydi. Bundan tashqari, Bush Sudanning notinch Darfur mintaqasiga tinchlikparvar qo’shin jo’natish borasida jonbozlik ko’rsatish niyatida.

Qo’shma Shtatlar mintaqadagi qator davlatlar so’gliqni saqlash tizimiga katta sarmoya kiritgan.

Xususan, AQSh immunitet tanqisligi virusiga qarshi kurash maqsadida 15 milliard dollarlik loyiha ishlab chiqqan. 5 yilga mo’ljallangan bu dastur 15 davlatni o’z ichiga oladi. Shundan 12 tasi Afrikada. Bush ana shu davlatlarning ayrimlarida to’xtab o’tadi.

Yana bir loyiha doirasida AQSh bezgak kasali o’choqlari hisoblanmish davlatlar uchun 300 million dollar ajratgan. Jumladan, Tanzaniya va Ruanda uchun. Joriy yildan e’tiboran, loyiha Benin, Efiopiya, Gana va Liberiyani ham o’z ichiga oladi.

Shu yil sentyabrda loyiha muddati uzaytiriladi. Bush buning uchun 30 milliard dollar ajratishni taklif qilmoqda. Immunitet tanqisligi virusidan davo topayotgan fuqarolar sonini 1 yarim milliondan 2 yarim millionga oshirish zarur deydi u.

Loyihadan ko’plab davlatlar foyda ko’rmoqda. Demokratiyani qo’llab-quvvatlab korrupsiyaga qarshi kurashgan mamlakatlarga grant va sarmoyalar va’da qilinmoqda. Galana, Tanzaniya va Benin shular jumlasidan.

Afrika bo’yicha loyihalar markazi rahbari Stiven Morrison fikricha, Afrikada Qo’shma Shtatlarga nisbatan ijobiy munosabat mavjud. Ayniqsa, Liberiyada.

XS
SM
MD
LG