Breaking News

Yangi avlod robotlari odamlardan qolishmaydi


Robotlar ilgari kelajak kashfiyoti, fantastika qahramonlari sifatida qaralardi. Lekin olimlarning aytishicha, bugunga kelib robotlar hayotimizning bir qismi. Maktab, uy va ishxonalardagi texnik vositalar sifatida.

Ayrim robotlar gapiradi, raqsga tushadi. Ish buyursangiz bajaradi. Hatto sizni mazax ham qiladi.

Yangi zamon robotlari hozirda Yaponiyaning Tokio, AQShning Los Anjeles shaharlarida kashf etilmoqda. Ayrimlaridan hatto amaliyotda ham qo’llanilmoqda. Aksariyati o’yinchoqlar.

Biroq orasida inson fe’l-atvoriga moslangani ham bor. Xonda kompaniyasi ishlab chiqargan robotlar xatto raqsga tusha oladi.

Balki siz raqsga tushish uchun ko’rkamroq, inson qiyofasiga yaqinroq robotlarni xush ko’rarsiz. Eynshteyn shahridagi Sinay shifoxonasi doktori Aleks Gandsasga ko’maklashmoqda.

Massachusets “AQShda pensionerlar soni kun sayin ko’payar ekan, biz shunday robotlar yarataylik-ki, ular ana shu qariyalari hayotini yengillashtirsin, uy yumushlariga yordam bersin”.

Kori Kidd ozishni o’rgatadigan robot kashfiyotchisi.

“Kuz ismli robot vazn bo’yicha murabbiy. Sizga qancha yeb, qancha mashq qilish kerakligini aytadi”.

“Juda interaktiv. Xuddi insondek. Axborot kiritishim bilan javob qaytardi. Ovqatlanish rejimimni bir maromga sola oldim”, - deydi robot yordamidan foydalanayotgan bemorlar.

Robot sanoatida jiddiy o’zgarish va taraqqiyot kuzatilmoqda. Robotlarga talab kuchayar ekan, ularning sifati oshib, turlari ham ko’paymoqda. Yuksak robotlar davri mana endi boshlanadi deydi ularni kashf qilish bilan band olimlar.

XS
SM
MD
LG