Breaking News

AQSh Tog'li Qorabog' muammosiga yechim topishga chaqirmoqda


AQSh Davlat kotibasi Kondoliza Rays Armaniston va Ozarbayjon hukumatlarini Tog’li-Qorabog’ masalasiga yechim topishga chaqirmoqda. Rays fikricha, ko’p yillardan buyon davom etayotgan hududiy bahs ikkala davlat taraqqiyotiga putur yetkazmoqda.

Rays nazarida muammoni qisqa vaqt ichida hal qilish mumkin, biroq ikkala davlat rahbarlariga siyosiy iroda yetishmayapti.

Ozarbayjon hududida joylashgan, biroq aholisi armanlardan iborat Tog’li-Qorabog’ 1988 yili mustaqillik e’lon qilgan. Natijada Ozarbayjon va Armaniston o’rtasida urush boshlanib, 35 mingga yaqin kishining yostig’ini quritgan. 1994 yili sulh e’lon qilingan.

Tog’li Qorabog’ maqomi bo’yicha muzokaralar Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti boshchiligida tashkil etilgan Minsk Guruhi doirasida o’tkaziladi.

Kondoliza Raysning aytishicha, har ikki tomon aybni bir-biriga qo’ymoqda. Masala esa yechimsiz qolyapti. Oqibatda Armaniston va Ozarbayjon taraqqiyotiga zarar yetmoqda.
Qo’shma Shtatlar Tog’li-Qorabog’ mustaqilligini tan olmaydi va Ozarbayjon hududiy daxlsizligini qo’llab-quvvatlaydi.

XS
SM
MD
LG