Breaking News

Birma hukumati mamlakatni xalqaro yordam uchun ochishga rozi


Birma hukumati Nargis dovulidan zarar ko’rgan hududlarga xorijiy tibbiy guruhlarni kiritishga ruxsat bergan. Bunga bugun Singapurda o'tgan Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi majlisida kelishilgan. Muzokaralarda mintaqa davlatlarining tashqi ishlar vazirlari ishtirok etgan.

Birma hukumatiga ko’ra, 2 va 3 may kunlarida mamlakatni qaqshatgan siklondan ko’rilgan zarar 10 milliard dollargacha yetishi mumkin. Qurbonlar va bedarak ketganlar soni jami 134 mingga yetgan.

Xalqaro hamjamiyat jabrdiydalarga yordam berishga tayyor turganiga qaramay Birma harbiy hukumati insonparvarlik tashkilotlarini mamlakatga kiritishga shoshilmayapti.

BMT vakili Amanda Pittning aytishicha, bir necha kunlik muzokaralardan so’nggina hukumat ularga Birmada ishlashga ruxsat bergan.

BMT Jahon oziq-ovqat dasturi matbuot kotibi Markus Prayr 250 ming kishiga oziq-ovqat yetkazilgani haqida ma’lum qiladi.

Biroq uning hisobicha, bu jami muhtoj odamlarning 30 foizini tashkil etadi xolos.

Shanba kuni Tailandda xalqaro donorlar uchrashuvi bo’lib o’tadi. Unda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ishtirok etadi. Bosh kotib shu hafta Birmaga ham borib mamlakat rahbariyati bilan uchrashmoqchi.

XS
SM
MD
LG