Breaking News

Katta Sakkizlik davlatlari ko'proq neft qazib olishga chaqirmoqda


Katta Sakkizlikka a’zo mamlakatlar neft tobora qimmatlashib borayotganidan tashvishda. Bugun bir barreli - deyarli 140 dollarga teng.

Katta Sakkizlik davlatlari – Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Rossiya Britaniya va AQSh.

Yaponiyada o’tayotgan yig’ilishda yonilg’i sarfini kamaytirish va yangi texnologiyalarga ko’proq sarmoya kiritishga kelishib olingan. Shu bilan birga, Katta Sakkizlik neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti – OPEKni ta’minotni oshirishga undamoqda.

Avstraliya Bosh vaziri Kevin Rudd bunga erishish uchun tashkilotga hatto bosim o’tkazish lozim deydi. “Narx-navoni pasaytirish uchun OPEK ko’proq neft ishlab chiqarishi shart”.

Ta’minot kamligi sabab dunyodagi har bir davlat qimmatchilik bilan yuzlashmoqda. “OPEK tashkiloti narxlarni pasaytirishi zarur”, - deydi Avstraliya bosh vaziri.

OPEK dunyo neftining 40 foizini, ya’ni kuniga 32 million barrel neft ishlab chiqaradi. O’tgan hafta Quvayt Energetika vaziri Muhammad al-Olaym tashkilot talab va taklifga qarab ish tutadi degan bayonot bilan chiqqan edi.

Qora oltin narxi 2003 yildan beri 5 martaga o’sgan. Bu qisman Yaqin Sharqdagi notinchlik hamda Xitoy va Hindistonda neftga talab keskin oshgani bilan izohlanadi.

XS
SM
MD
LG