Breaking News

Sloveniyada AQSh-Yevropa Ittifoqi muzokaralari o'tdi


Prezident Bush Yevropa bo’ylab safarini Sloveniyadan boshladi. Lyublyanada Yevropa Ittifoqi rahbarlari bilan uchrashdi. Muzokaralarda iqtisodiy va xavfsizlik masalalari muhokama qilingan.

"Ba’zi qiyinchiliklarga qaramay, AQSh iqtisodiyoti rivojlanishda davom etmoqda. AQSh va Yevropa iqtisodiyoti erkin bo’lgan taqdirdagina ushbu muammolarga yechim topish mumkin," dedi Bush.

Ana shunday muammolardan biri yonilg’ining qimmatlashib borayotgani. Bush fikricha u moliyaviy masalalar, jumladan AQSh dollarining bugungi salohiyati haqida ham muloqot qilmoqda.

"Dollarning barqaror valyuta bo’lishidan AQSh ham, jahon iqtisodiyoti ham manfaatdor," deydi Bush.

AQSh prezidenti Yevropa rahbarlari bilan Bolqon, Afg’oniston, Darfur, Birma va Yaqin Sharqdagi vaziyat hamda Eron yadro dasturini ham muhokama qilgan. Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lish istagini yoqlagan.

Muzokaralar so’nggida sarmoyalarni rag’batlantirishga va savdo cheklovlarining kamaytirilishiga qaratilgan qo’shma bayonot qabul qilingan.

Jorj Bush Sloveniya poytaxti Lyublyanada mamlakat prezidenti Danilo Turk va Bosh vaziri Yanez Yansa bilan ham uchrashgan. Yansaning aytishicha, Qo'shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi iqlim o'zgarishi bo'yicha qarama-qarshi fikrga ega. Bush kelasi yil yanvar oyi oxirigacha tomonlar bu masalaga doir bitim tuzadi.

Sloveniyadan so’ng AQSh rahbari Germaniyaga yo’l oladi. So'ng Italiya, Fransiya va Britaniyada ham bo’ladi.

XS
SM
MD
LG