Breaking News

Xitoy matbuotni cheklamaslik va'dasi ustidan chiqmayapti


Yozgi Olimpiya o’yinlarining boshlanishiga bir oy qolarkan, Xitoy musobaqalar davomida matbuot faoliyatini cheklamaslikka va Internetni to’liq ochib qo’yishga va’da bermoqda. Ammo ma'lumotlarga ko'ra, hukumat Olimpiada boshlanmasidanoq Pekinda ishlayotgan xorijiy jurnalistlar ishiga to’sqinlik qilmoqda.

Bugun Pekinda Olimpiya o’yinlari tarixida eng yirik matbuot markazlari ochildi. Asosiy markazda 21 ming xorijlik va mahalliy jurnalistlarning o’yinlarni yoritishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.

Olimpiya o’yinlari tashkiliy qo’mitasi so’zlovchisi Sun Veydning aytishicha, hukumat matbuotga jiddiy e’tibor qaratmoqda.

Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi vakili Xayn Verbryuggen yangi markazdan mamnun. Uning aytishicha, matbuotning yuqori darajada ishlashi uchun barcha sharoitlar muhayyo.

Markazda sartaroshxona, sport zali, restoranlar ham bor.

Xitoy rasmiylari musobaqalar davomida muxbirlar istagan kishi bilan hukumatdan ruxsat so’ramay intervyu qilishi mumkin deb keladi. Ammo aslida, deydi germaniyalik jurnalist Yoxannes Xano, buning teskarisini kuzatish mumkin.

"O’tgan hafta Buyuk Xitoy devori yonida bizni xavfsizlik kuchlari to’xtatdi. Qo’limizda ruxsatnoma va barcha hujjatlar bo’lishiga qaramay sun’iy yo’ldosh orqali jonli efirga chiqayotgan payt kamera tomon yugurib, qo’llari bilan yopdilar," deydi ZDF kanali muxbiri.

Bizga matbuot markazlaridan ko’ra erkin ishlashimiz uchun sharoit ko’proq qiziqtiradi, deydi u.

Xitoydagi xorijiy muxbirlar klubiga ko’ra, o’tgan yil yanvaridan beri hukumat jurnalistlar faoliyatiga 260 marotaba aralashgan.
XS
SM
MD
LG