Breaking News

Xitoy terrorchilar tarmog'ini fosh qilganini aytmoqda


Xitoy hukumati yil boshidan beri besh terrorchi guruhni fosh etganini va 82 kishini qo’lga olganini ma'lum qiladi. Rasmiy xabarlarga ko'ra, mazkur guruhlar Olimpiya o’yinlari davomida terror xurujlarini rejalagan. Ularning barchasi uyg’urlar yashaydigan Sharqiy Turkistonda aniqlangani aytiladi.

Xitoy tashqi ishlar vazirligiga ko’ra, qo’lga olinganlar tayyorgarlikdan o’tgan 41 ta baza yo’q qilingan. Xitoy nazarida mamlakat shimoli-g’arbida terrorchi tashkilotlar faoliyat yuritadi, ammo inson huquqlari tashkilotlariga ko’ra, Xitoy terrorga qarshi urush bahonasida o’z ozodligi uchun kurashayotgan uyg’urlarni yo’q qilmoqda.


XS
SM
MD
LG