Breaking News

Bush bo'lg'usi prezidentga maslahat-o'git bermoqda


Prezident Bushning ta’kidlashicha, Qo’shma Shtatlar va uning bo’lajak rahbarlari inson huquqlari va demokratiyani targ’ib qilish siyosatiga sodiq qolishi lozim.

AQSh dushmanlari, deydi prezident, savodsizlik, qashshoqlik va umidsizlikdan foydalanib o’z safini doimo kengaytirish harakatida.

AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi oldida nutq so’zlagan Bush bo’lg’usi prezidentga maslahat-o’git bergan kishi bo’ldi.

Amerika xalqi oldida muhim vazifalar turibdi dedi Bush. Korrupsiya, kasallik, kambag’allik, ochlik va zulmdan azob tortgan davlatlar yordamga muhtoj deydi AQSh rahbari.

Mana shu yurtlarda umidsizlikka barham berish, Bush fikricha, yangi prezident va Kongress uchun ham qarz, ham farz.

Bu AQSh xafvsizligi uchun ham muhim. Zero jinoiy tashkilotlar xalq orasida hukm surayotgan chorasizlikdan o’z qabih maqsadlarida foydalanadi. Kasallik va ochlikka qarshi kurash ham ustuvor vazifa, deydi Oq uy rahbari. Xalqaro savdoni jadallashtirish orqali bu illatni yo’q qilish mumkin.

Inson huquqlari muammosi muhim jang maydoni bo’lib qolmoqda dedi prezident Bush.

Uning fikricha, ayrim davlatlarda, jumladan Eron va Suriyada erkinlik va tenglik uchun kurash ko’zga tashlanmoqda.

Bu insonlar yolg’iz emas. Qo’shma Shtatlar va butun dunyo ahli erkinlik yo’lida bosh ko’targan insonlarni yoqlaydi, deydi Bush.

XS
SM
MD
LG