Breaking News

Amerikada prezident o'zgarishi O'zbekistonga nima ahamiyati bor?


Respublikachilar partiyasi tomonidan AQSh prezidentligi uchun kurashayotgan nomzod, senator Jon Makkeyn O`zbekistonga 2005 yilda AQSh va O`zbekiston aloqalari keskin sovuqlashgan paytda tashrif buyurgan edi.

O’sha paytda senator O’zbekiston prezidenti tomonidan qabul qilinmagan, ikki davlat o`rtasidagi aloqalar esa keskin bir davr edi.

Bugungi kunga kelib, AQSh-O`zbekiston aloqalari tiklanmoqda.

Prezident Islom Karimov AQSh elchisini namoyishkorona qabul qildi, AQSh rasmiylarining O`zbekistonga tashrifi tezlashdi.Sharhlovchilar fikriga ko`ra, AQSh prezidentligiga kim saylanishi O`zbekiston bilan aloqalarda ahamiyatga ega emas.

“Chunki AQShdagi demokratiya chuqur ildizga ega. Prezidentning kelishi taqozo etadigan masala emas. Albatta O`zbekiston haqiqatda demokratik reformalar o`tkazsa, unda AQSh munosabati yaxshilanadi. AQShning O`zbekiston xalqiga munosabati juda yaxshi, O`zbekistonga yordam berishga tayyor va asosiysi shunday qudratga ega. Masala bizdagi ichki siyosatga bog’liq, ichki siyosat o`zgarmasa, AQShda kim prezidentlikka kelishining ahamiyati yo`q”, - deydi bu borada sharhlovchi Iskandar Xudoyberganov.

Uning aytishicha, tashqi siyosat masalasida Jon Makkeyin va Baraka Obama dasturlari o`rtasida farq kuchli emas, ayrim mayda tomonlarni hisobga olmaganda, dunyo miqyosidagi xavfsizlik siyosatida ham shunday.

“Siyosat” axborot tahlil markazi eksperti Sharofiddin To`laganov so’zlariga ko`ra, AQShda yangi saylangan prezident Amerikaning xalqaro miqyosdagi nufuziga alohida ahamiyat qaratadi.

“Tashqi siyosatda yangi bir yo`l ishlab chiqmasa, AQShning xalqaro obro`si tushib ketayotgani aniq, ayniqsa islom dunyosida”, - deydi ekspert.

XS
SM
MD
LG