Breaking News

Eron yadro dasturi yuzasidan G'arb qistovi ostida ekanini rad etmoqda


Eron yadro dasturini tugatish uchun G’arb davlatlarining qiyin-qistovi ostida ekanini rad etmoqda.

Aksincha, deydi mamlakat prezidenti Mahmud Ahmadinejod, Eron xalqaro muzokaralarda yadro dasturini yuritish huquqini mustahkamlash uchun ishtirok etmoqda.

Ikki hafta ilgari G’arb davlatlari Eronga norasmiy tarzda muhlat bergan edi. Eron yadro dasturini yopishga undaydigan takliflarni qabul qilishi yoki rad etishi kerak.

Eron Tashqi ishlar vaziri Manuchehr Mo’ttakining aytishicha, mamlakat G’arbga o’z takliflari bilan chiqqan va ularga javob kutmoqda.

Eron prezidenti Mahmud Ahmadinejod muzokaralarga “jiddiy” yondashayotganini ta’kidlamoqda. Eron televideniyesi xabarlariga ko’ra, u shuningdek mamlakat dushmanlariga qarshi kuch ishlatishga ham tayyor ekanini aytgan. Isroil, bunga javoban, Eronga bosimni kuchaytirishga chaqirmoqda.

Eron vaziri Manuchehr Mo’ttaki fikricha Isroil muammolar girdobiga g’arq bo’lgan mamlakat va bayonotlarini e’tiborga olishga arzimaydi.

G’arb davlatlari Eronni maxfiy tarzda yadro quroli ishlab chiqarishga urinayotganlikda ayblaydi. Mamlakatga uch marotaba sanksiya qo’yilgan.

XS
SM
MD
LG