Breaking News

Geyts Boltiqbo'yi davlatlari mudofaa vazirlari bilan uchrashdi


AQSh Mudofaa vaziri Robert Gates Estoniyada NATOga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari bilan uchrashar ekan, alyans Boltiqbo'yi davlatlarini hamisha qo'llab-quvvatlashini bildirgan. Ukraina va Gruziyaning NATOga kirish istiqbollariga doir majlisdan oldin Geyts Latviya, Litva va Estoniya mudofaa vazirlari bilan uchrashgan.

So'ng Geyts Estoniyada kibernetik xavfsizlik markazining qurilishiga Qo'shma Shtatlar pul berishini ma'lum qilgan. O'tgan yili rossiyalik xakerlar Estoniyadagi kompyuterlar tizimiga bir necha bor xuruj qilgan edi.

"Rossiya G'arb bilan aloqalarini kuchaytirmoqchi bo'lgan suveren davlatni tinch qo'ysin. Bu bilan hech kim Rossiya xavfsizligiga rahna solayotgani yo'q," deydi AQSh mudofaa vaziri nafaqat Boltibo'yi davlatlari, balki Ukraina va Gruziyani ham nazarda tutgan holda.

Ma'lumki, Kreml ushbu ikki davlatning NATOga a'zo bo'lishiga qarshi.

Bundan tashqari AQShning Chexiya va Polshada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini o'rnatish rejasi rasmiy Moskva tomonidan Rossiyaga tahdid deya talqin etilmoqda. AQSh Rossiya xavotirlariga barham berish maqsadida unga mudofaa tizimini nazorat qilishni taklif qilgan.

"Eron Yevropagacha yeta oladigan qurollarini sinovdan o'tkazgandan so'nggina tizim harakatga keltiriladi" deydi Qo'shma Shtatlar. Ammo Kreml AQShning barcha takliflarini rad etgan.

XS
SM
MD
LG