Breaking News

Avtomobilsozlik kompaniyalari davlatdan qarz olmoqda


Prezident Bushning aytishicha o’gir iqtisodiy sharoit sabab hukumat xususiy sektor ishiga aralashishga majbur. Ammo bu vaqtincha, deydi Bush.

“Oq uy va Kongress jar yoqasida turgan qator moliya kompaniyalari va banklarga yordam qo’lini cho’zdi, endi navbat avtosanoatga”,- deydi AQSh rahbari.

“Jeneral Motors” va “Kraysler” avtomobilsozlik kompaniyalari davlatdan 14 milliard dollar miqdorida qarz so’ramoqda. Ular qatorida bankrotlik yoqasida turgan “Ford” kompaniyasi ham faoliyatini davom ettirish uchun 9 milliard dollarli kreditga muhtoj. “Kraysler” bugundan boshlab zavodlarini bir oyga yopishini e’lon qilgan.

Prezident Bush mamlakat avtosanoati qulasa millionlab odamlar ishsiz qolishini ta’kidlamoqda. Sal avval avtomobil kompaniyalarni inqirozdan chiqarish loyihasi AQSh Senatida ovozdan o’tmagan edi.

Bush moliyaviy inqiroz u so’nggi sakkiz yil mobaynida yuritgan iqtisodiy siyosat mahsuli degan ayblovlarni rad etadi. Uning aytishicha inqirozga olib kelgan sabab-omillarni obdon o’rganib chiqish zarur. “Biroq”, deydi Bush, “ko’chmas mulk bozori va moliya sohasida nazoratni kuchaytirmasa bo’lmaydi”.

Bugun Oq uy avtomobilsozlik kompaniyalariga past foizda qarz berish kerak degan qarorga kelgan. Bushning aytishicha bugungi eng muhim vazifa ushbu sanoatda mehnat qiladigan millionlab amerikaliklarning ish joyini saqlab qolish.

XS
SM
MD
LG