Breaking News

Tojikiston 4 yilda o'zini energiya bilan to'liq ta'minlamoqchi


Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon so’zlariga ko’ra, mamlakat yaqin 4 yilda o’zini elektr energiyasi bilan to’liq ta’minlashga erishadi.

Joriy yil Tojikistonda 50 yangi suv inshooti – kichik gidrozavodlar qurish rejalangan.

Hukumat Nurek GESini ham qayta qurmoqda. Tojikiston – Markaziy Osiyoning eng kambag’al davlatlaridan biri sanaladi.

Mamlakat energiyaga muhtoj – qish mavsumida poytaxt Dushanbeda elektr toki kuniga 11 soat, qishloqlarda esa 4 soatga beriladi.

O’zbekiston hukumati Markaziy Osiyo daryolarida suv inshootlari qurish borasida bayonot bergan.

Mintaqada suv tanqis ekani bois bu zaxirani tejab ishlatish kerak. Yangi suv inshootlarini rejalagan davlatlar buning oqibati, qo’shni mamlakatlar xavotirini o’ylamayapti, deyiladi O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Rasmiy Toshkent ta’rificha, mintaqa seysmik zonada joylashgan – yangi suv to’g’onlari yorilsa, aholi zarar ko’radi. Har qanday yangi loyiha qo’shni davlatlar roziligi bilan amalga oshirilishi kerak, deyiladi vazirlik bayonotida.

XS
SM
MD
LG