Breaking News

Markaziy Osiyo rahbarlari suv bo'yicha kelisha olmagan


Markaziy Osiyo rahbarlari Qozog'istonning Almati shahrida o'tgan sammitda suvdan tejamli foydalanishga kelisha olmagan. Prezidentlar Orol dengizi taqdirini muhokama qilib, uning qurib borayotganini tan olgan, ammo mintaqada suv taqsimoti bo'yicha anchadan beri munozaraga sabab bo'lgan muammolarni hal qila olmagan.

Xususan suvga boy (mintaqa suv resurslarining 80 foizi) Qirg'iziston va Tojikiston elektr quvvati olish maqsadida gidroelektrostansiyalar qurmoqda, bu esa asosan paxtachilik bilan shug'ullanayotgan Turkmaniston, O'zbekiston va Qozog'istonda suv tanqisligiga sabab bo'lishi aytilmoqda.

Bishkek va Dushanbe qo'shni davlatlar elektr quvvati uchun ko'p pul so'rayotganidan, ba'zi hollarda esa O'zbekiston ta'minotni uzib qo'yayotganidan noliydi. Rasmiy Toshkent fikricha, suv - tabiat ne'mati bo'lib, undan moddiy foyda ko'rishda foydalanish noto'g'ri.

O'zbekiston prezidenti Islom Karimovning aytishicha, uchinchi davlatlar Markaziy Osiyodagi munozaradan o'z manfaati yo'lida foydalanishga harakat qilmoqda, shu sabab mintaqa davlatlari masala yuzasidan umumiy bir fikrga kelishi lozim.

Bu kabi sammit so'nggi marotaba 2002 yili o'tkazilgan.

XS
SM
MD
LG