Breaking News

AQSh mudofaasi - eng ko'p yonilg'i iste'mol qiladigan tizim


Amerikaning iste’fodagi generallari va oliy martabali qo’mondonlari yangi hisobot chiqarib, xorij neftiga tobelik mamlakat xavfsizligini tahdid ostiga qo’ymoqda deya xulosa qilmoqda.

Harbiy Maslahat Kengashi Amerika rahbariyatini muqobil energiya manbalarini rivojlantirishga chaqirmoqda.

"Xavfsiz bo’lamiz desak, harakatni hozirdan boshlaylik", - deydi kengash raisi, general Charlz Vold.

"Bizga ziyon yetkazmoqchi bo’lganlar, xorij neftiga tobeligimizdan foydalanishi mumkin. Bunga yo’l qo’yib bo’lmaydi", - deydi Vold.

AQSh neft sotib oladigan davlatlarda unga nisbatan salbiy munosabat kuchli va bu mamlakatlarning aksariyatida diktatorlik rejimi hukmron.

“Energetik xavf tashqi siyosatimizga ta’sir qilishi turgan gap. Neftga tobeligimiz xalqaro sahnadagi qudratimizni susaytirishi va imkoniyatlarimiz doirasini qisqartirishi mumkin. Neft kerak ekan deb bizga dushman bo’lgan va zulm maskani bo’lmish mamlakatlar bilan aloqa qilishga majburmiz”, - deydi general Vold.

AQSh Mudofaa vazirligi mamlakatdagi eng yirik yonilg’i iste’molchisidir. O’tgan yili Pentagon tomonidan 20 milliard dollarga teng neft mahsuloti sotib olingan.

Afg’onistondagi harbiy kontingentning 70 foizi o’zi bilan suv va yonilg’i olib yuradi. Mazkur bo’linmalarni himoya qilish esa armiyaga qimmatga tushmoqda. Ustiga-ustak neft mahsulotlarini Fors Ko’rfazidan olib kelish ham katta harajat talab qiladi.

Yana bir muammo, deydi general Vold, elektr toki ishlab chiqaradigan tizimlarning eskirib borayotganidir.

"Amerika bo’ylab elektr energiyasi taqchilligi ko’zga tashlanmoqda. Bu ham mamlakat xavfsizligiga tahdid. Barcha harbiy aslaha va uskunalarimiz mahalliy elektr energiya manbalariga tayangan. Xususan operatsiyalarni kuzatish markazi ham. Bu tizimlar ishdan chiqsa, xorijdagi harbiylarimiz hayoti xavf ostida qolishi mumkin",- deydi Vold.

Iste’fodagi generallar fikricha hukumat energetika siyosatini qayta ko’rib chiqishi zarur. Ular yangi energetik texnologiyalarni ishga solishni maslahat bermoqda.

XS
SM
MD
LG