Breaking News

Huquq tashkilotlari: Dilmurod Sayid ozod etilsin


Inson huquqlari bo’yicha Human Rights Watch tashkiloti O’zbekiston hukumatidan 12 yilga qamalgan jurnalist Dilmurod Sayidni ozod etishni so’ramoqda.

Jurnalist tanqidiiy maqolalari uchun qamalgan, biror jinoyat sodir etmagan va nohaq sudlangan, deyiladi tashkilot murojaatida.

Human Rights Watch nazarida Dilmurod Sayid korrupsiya ishlarini fosh etishga uringan. Sud esa uni poraxo’rlik va tovlamachilikda aybdor deb topgan.

Tashkilotning Markaziy Osiyo bo’yicha rahbari Xolli Kartner deydiki, Dilmurod Sayidni qamab, davlat organlari yana bir tanqidchidan, oshkoralik uchun kurashayotgan yana bir fuqarodan qutulmoqchi.

O’zbekiston qamoqxonalarida minglab siyosiy mahbuslar bor. Ular zolim tuzum qurboni, deydi huquq faollari.

Hukumat Human Rights Watch murojaatiga hali javob berganicha yo’q.

XS
SM
MD
LG