Breaking News

Polsha, Ruminiya va Chexiya yangi mudofaa tizimiga "ha" demoqda


Yevropa bo'ylab safarga chiqqan AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Polshadan so'ng Ruminiyada bo'lib, raketaga hujumiga qarshi mudofaa tizimini muhokama qilgan.

Barak Obama ma'muriyati Jorj Bush prezidentligi davrida rejalangan mudofaa tizimidan voz kechib, yangi takliflar bilan chiqmoqda. Ruminiya prezidenti Troyan Bashesku Bayden bilan uchrashuv chog'ida yangi rejani qo'llab-quvvatlashini bildirgan.

Bush rejasiga ko'ra Polshada 10 ta raketa, Chexiyada esa radar tizimi o'rnatilib, qit'ani uzoq masofali raketa hujumidan himoya qilishga qaratilgan edi. Rossiya Bush rejasiga qarshi bo'lgan. Obama ma'muriyati esa qisqa va o'rta masofadagi raketalarni bartaraf etuvchi tizimni O'rta Yer dengizidagi AQSh kemalariga o'rnatishni taklif qilmoqda.

AQSh vitse-prezidentiga ko'ra, jahonda qisqa va o'rta masofali raketalar texnologiyasi rivojlanib, beqaror davlatlar qo'liga tushgan. Bu esa Yevropaga jiddiy tahdiddir.

Yangi mudofaa tizimi esa, deydi Bayden, AQSh va NATO davlatlari xavfsizligini kuchaytirgan bo'lardi.

"NATO Nizomining 5-bandiga ko'ra, a'zo davlatlar bir-birini himoya qilishi zarur. Yevropa xavfsiz bo'lsa, AQSh ham xavfsiz bo'ladi," deydi u.

AQSh vitse-prezidenti bugun Chexiyada ham bo'lib, Bosh vazir Yan Fisher bilan uchrashgan. Chex rahbariyati ham AQSh taklifini qo'llab-quvvatlashini aytmoqda.

XS
SM
MD
LG