Breaking News

Chegara bilmas shifokorlar Turkmanistonni tark etmoqda


Turkmanistonda ishlab kelgan oxirgi xalqaro nodavlat tashkilot – Chegara bilmas shifokorlar (Medecins Sans Frontieres) mamlakatni tark etgan.

Turkmaniston hukumati hamkorlik qilishdan bosh tortgani, qator loyiha va tashabbuslarni rad etgani uchun tashkilot faoliyatini tugatishga majbur bo’lgan, deyiladi Chegara bilmas shifokorlar bayonotida.

Tashkilot direktori Frank Dorner so’zlariga ko’ra, guruh Turkmanistonda tuberkulyoz – sil kasalining doriga chidamli turini davolashda yangi taklif bilan murojaat qilgan, ammo Sog’liqni saqlash vazirligidan javob kelavermagan.

Mamlakatda tuberkulyoz ko’lami, uning yangi turining tarqalish sur’ati xavotirga molik, deydi xalqaro guruh.

Biroq xalqaro tashkilot Turkmaniston hukumati o'z siyosatini qayta ko'rib chiqadi va Chegara bilmas shifokorlar mamlakatga qaytadi degan umidda.


XS
SM
MD
LG