Breaking News

Eron hukumati siyosiy mahbuslar qiynoqdan o'lganini tan oldi


Eron hukumati yozgi namoyishdan so’ng qamoqqa olingan mahbuslardan uch nafari qiynoqlar natijasida o’lganini tan olmoqda.

Sal oldin ular meningitdan o’lgan deb aytilgan edi. Rasmiy matbuot xabariga ko’ra, Tehrondagi Qahrizak qamog’i ma’murlariga qarshi jinoiy ish qo’zg’atilgan.

Yana 9 siyosiy arbob hamon sud hukmini kutmoqda. Iyundagi saylovdan so’ng namoyishda qatnashgani uchun hibsga olingan odamlarning ko’pi mana shu qamoqqa jo’natilgan.

Avgust oyida Qahrizak turmasi talabga javob bermagani bois oily diniy rahnamo Oyatulla Ali Xomenei qarori bilan yopilgan.

XS
SM
MD
LG