Breaking News

Rossiya zamonaviy yadro qurollari yaratadi


Rossiya yangi turdagi, zamonaviy yadro quroli yaratishni rejalamoqda. Prezident Dmitriy Medvedev bu haqda kuni-kecha davlat matbuotiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Bu orada Kreml Vashington bilan strategik-hujumkor qurollarni kamaytirish bitimini ham muhokama qilmoqda.

Rossiya rahbari Dmitriy Medvedev davlat tasarrufidagi uch yirik telekanalga yil xulosalari borasida intervyu berar ekan, qurol-aslaha masalasiga ham to’xtalgan.

Rossiya va Qo’shma Shtatlar ayni damda Strategik qurollarni kamaytirish bitimini ishlab chiqish bilan band. Amaldagi hujjatning muddati oy boshida tugab, yangi bitim yanvar boshida tayyor bo’ladi, degan taxmin bor. Medvedev muzokaralarni murakkab deya ta’riflamoqda.

"Har ikki tomon bir-biriga ta’sir qilishga harakat qiladi – bu tabiiy jarayon, buni muzokara deyishadi. Mazkur hujjat kelgusida yadro quroliga ikki yirik davlatning munosabatlarini belgilaydi. Demak, bitimni diqqat bilan ishlab chiqish kerak”, -deydi Rossiya prezidenti.

Medvedevning aytishicha, bitim ma’qullangach, Rossiya baribir strategik qurollar ustida izlanishda davom etadi. "Chunki busiz mamlakatni mudofaa qilish qiyin", - deydi u.

Prezident so’zlariga ko’ra, yangi yadroviy qurol Vashington bilan erishilgan bitim doirasida, xalqaro majburiyatga amal qilgan holda yaratiladi.

Medvedev Barak Obamaning yadro qurolidan xoli dunyo yaratish tashabbusini olqishlagan. “Bu – olijanob maqsad. Biroq unga asta-sekin, bosqichma-bosqich erishish mumkin. Bu tamoyilga nafaqat Rossiya yoki AQSh, balki yadro quroliga ko’z tikkan barcha davlatlar amal qilishi kerak”, - deydi Medvedev.

XS
SM
MD
LG