Breaking News

Qirg'iziston Latviyadan Maksim Bakiyev ekstraditsiyasini so'ramoqda


Qirg'iziston Latviyadan Maksim Bakiyev ekstraditsiyasini so'ramoqda
Qirg'iziston Latviyadan Maksim Bakiyev ekstraditsiyasini so'ramoqda

Qirg'iziston muvaqqat hukumati Latviyadan sobiq prezident Qurmanbek Bakiyevning o'g'li Maksimni ekstraditsiya qilishni so'ragan. Latviya Bosh prokuraturasi vakilining aytishicha, Qirg'iziston Maksim Bakiyevni hibsga olishni iltimos qilgan, biroq rasmiy Riga hujjat mavhum bitilganini aytib, unga tushuntirish kiritishni so'ragan.

Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, Maksim Bakiyevning Latviyada biznesi bor. O'tgan hafta xalqaro politsiya - Interpol uni hibsga olish haqida xalqaro order chiqargan. Kenja Bakiyev tovlamachilikda ayblanmoqda.

Qurmanbek Bakiyevning o'zi esa hamon Belarusda. Rasmiy Bishkek Minskdan uni ekstraditsiya qilishni so'ragan. Shuningdek, qidiruvdagi yaqinlarini topishga qaratilgan yordam uchun mukofot puli va'da qilingan.

Bugun Bishkekda Qirg'iziston Kommunistik partiyasi rahbari Is'hoq Masaliyev so'roq qilinmoqda. U Moskvadan qaytayotib, aeroportda qo'lga olingan. Masaliyev joriy hafta bir necha siyosiy guruhlar yordamida eski parlamentni to'plamoqchi ekanini aytib, muvaqqat hukumat noroziligiga sabab bo'lgan edi.

Eski parlament o'tgan oy Bishkekda sobiq prezident Qurmanbek Bakiyevning hokimiyatdan ketishiga olib kelgan voqealar natijasida tarqatilgan edi. Yangi saylovlar oktyabrga belgilangan.

XS
SM
MD
LG