Breaking News

O'zbekistonda portlov hodisalari - 2004-03-29


O'zbekiston poytaxtida sodir bo'lgan portlovlashlar natijasida, so'ngi ma'lumotlarga ko'ra, uchdan ko’p kishi halok bo`lgan va o`ttizdan ortiq kishi jarohatlangan. Biroq halok bo`lganlar soni bir qadar ko`pligi haqidagi malumotlar ham bor. Portlatish kim tomonidan va qanday maqsadlar uchun amalga oshrilishi haqida turli taxminlar mavjud.

Chorsu bozoridagi birinchi portlash ertalab Toshkent vaqti bilan sakkiz yarimlarda militsiya xodimlari ertalabki yig`ilish o`tkazayotgan joyda, ikkinchi portlash esa oradan yarim soatlar o`tib ro`y bergan. Qurbonlarning soni haqida aniq bir rasmiy malumot yo`q. Portlash ertalab yuz berganiga qaramasdan O’zbekiston hukumati kechga qadar bu borada rasmiy bayonot bergani yo`q. Biroq voqea guvohlariga ko`ra halok bo`lganlarning soni o`n kishiga yaqin, ular orasida yosh bola ham bor. Jarohatlanganlarning soni esa o`tizdan ziyod.

Portlash yuz bergan joyda ishlayotgan maxsus xizmat vakillari va portlashni kuzatgan. Bazi guvohlarga ko`ra portlash ayollar tomonidan amalga oshirilgan yani har ikkila porlashda ham ayollar o’zlariga bog`langan portlagicnlarni portlatib yuborishgan.

Chorsu maydonidagi portlashlarni yaqin masofadan kuzatgan bir tijoratchi ayolning gaplariga ko`ra portlashni avvaliga u militsiya xodimlari tomonidan qilinayotgan cho`chitish deb tushungan,biroq to`s to`polon boshlangach yerda qonga belanib yotgan militsiya xodimlarini ko`rgan. Bu ayolga ko`ra o’lganlar soni 7-8 kishidan iborat bo`lishi mumkin.

Shuningdek, portlashlarga guvoh bo`lgan yana bir ayol portlashni ayol kishi militsiya xodimlari ertalabki yig`ilishni o`tkazishayotgan bir paytda amalga oshirganini va yettita milisiya xodimi, shuningdek portlashni sodir etgan ayolning o`zi ham halok bo`lganini bildirdi.

Ba'zi guvohlarlarga ko'ra, portlash kamikadzelar tomonidan emas, balki masofadan turib boshqaraladigan qurilma orqali amalga oshririlgan.

Portlash natijasida jarahotlanganlar Toshkentdagi birinchi sonli shahar kasalxonasiga yetkazilgan. Shifoxonadan olingan malumotlariga ko`ra, u yerga 32 nafar jabrlangan keltirilgan shulardan 16 nafari militsiya xodimlari bo’lib, ularning ikkitasi voqea joyida halok bo`lgan. Ma'lum qilinishicha, jabrlanganlarning ko`pchiligi og`ir ahvolda va ular birinchi shifoxonadan 16 tez tibbiy yordam ko`rsatish markaziga ko`chirilgan. Hozirgacha shifoxonadagilar o`rasida halok bo`lganlar haqida malumot yo`q.

Portlashning yuzaga kelishi va bu portlash kim tomonidan amalga oshirilgani haqida hozirgacha biror rasmiy ma'lumot berilmadi. Biroq Toshkentning boshqa hududlarida ham milisiya xodimlariga qarshi otishmalar bo`lib o`tganligi va militsiya orasida qurbonlar borligi yuzasidan norasmiy ma'lumotlar bor. Yana bir qarashga ko'ra, portlashlar 27 mart kuni Chorsu bozorida bir keksa kishining militsiya xodimlari tomonidan kaltaklanishi natijasida o'lgani bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Bildirilayotgan fikrlarga ko`ra, militsiya kaltaklari ostida halok bo`lgan keksa kishi uchun qasd olish boshlangan.

Chorsu atrofidagi tijoratchilarning fikricha, ular mazkur portlashlarni milisiya xodimlari tomonidan ko`rsatilayotgan zo`ravonlikka javob sifatida tushunishmoqda.

O’zbekiston hukumati vakillari Chorsu bozoridagi portlashlar haqida rasmiy malumot berishmagan bo`lsada, bu narsa terrorchi komikadzelarning ishi ekanligi haqidagi qarash mavjud. Portlash joyida ishlayotganlarga ko`ra, ikki nafar militsiya xodimi va bitta yosh bola o`lgan.

Guvohlarga ko`ra, militsiya xodimlarining yig`ilishi o`tayotgan paytda sodir bo`lgan birinchi portlash asosiy qurbonlarga sabab bo`lgan. Yarim soatlardan so`ng sodir bo`lgan ikkinchi portlashda esa portlatgan ayolning o`zi va yuqorida ta'kidlangan yosh bola halok bo`lgan, va bir militsiya xodimi jarohatlangan.

29 mart kuni nafaqat Chorsu bozorida, balki Toshkent shahrining boshqa qismlarida militsiya xodimlari bilan yuz bergan otishmalar kusatilganligi haqidagi malumotlar bor. Shuningdek, Buxora viloyatida ham bir xonadonda potlash kuzatilgan, biroq mazkur portlash gazdan noto`g`ri foydalanish orqali kelib chiqqanligi haqida aytilmoqda.

O’zbekiston televideniesi va mahalliy matbuotda kechga qadar portlash yuz bergani haqida xabar berilmadi.

XS
SM
MD
LG