Breaking News

Toshkentdagi to'qnashuvlarda 23 kishi o'lgan - 2004-03-30


O’zbekiston hukumatiga ko'ra, Toshkentda,Prezident Islom Karimovning qarorgohi yaqinida, terroristik harakatlarda gumon qilinganlarga qarshi olib borilgan amaliyotda guruhdagilarning kamida 20 nafari hamda militsiya xodimlaridan uch nafari o'lgan. Shuningdek, Toshkentning boshqa joylarida ham otishmalar va portlashlar bo’lgani kuzatilmoqda.

O’zbekistonda harbiy amaliyotlari Prezident Karimovning rezidentsiyasiga olib boruvchi yo’lda joylashgan militsiya tekshiruv punkti yaqinida sodir bo’lgan portlashdan so’ng boshlangan.

O’zbekiston bosh prokurori so’zlovchisining ma’lum qilishicha, bunday amaliyotlar Toshkent va uning atrofida olib borilayotgan amaliyotlardan biridir. Toshkent va Buxorodo sodir bo’lgan bir qator portlashlardan so’ng mamlakat bo’ylab kuchli xavfsizlik tadbirlari ko’rilmoqda.

Buhoroning markaziy qismida terrorist deb gunom qilinayotgan shaxslar tomonidan foydalanilgan uy yakshanba kuni amalga oshirilgan birinchi portlashda vayron bo’lgan. Militsiya bergan ma’lumotga ko’ra, bu uyda bombalar tayyorlanagan 50 ta shisha idish, ularni tayorlash uchun ko’rsatmalar, Kalashnikov miltig’i, ikkita to’pponcha, kiyim bosh va Islomiy adabiyotlar topilgan.

Yakshanba kunidan dushanba kuniga o’tar kechasi uch nafar militsiya xodimi hujumlar natijasida o’lgan. 29 mart kuni Toshkentning Chorsu bozorida ikki ayol o’z joniga qasd qilib bomba portlatgan. Bu hodisa oqibatida ichki ishlar xodimlaridan uch nafari va bir bola halok bo’lgan.

Prezident Karimov, bu hujumlarga olti-sakkiz oy mobaynida tayyorgarlik ko’rilgan va Navruz bayramida amalga oshirilishi rejalangan, dedi. O’zbekiston prezidenti Islomiy terroristlarni, ta’qiqlangan Hizb-ut -Tahrir guruhini bunday zo’ravonliklarda ayblar ekan, ular tashqaridan qo’llab-quvvatlanadi, deya ta’kidladi. Hizb-ut-Tahrir dushanba kuni chiqargan bayonatida hujumlarda zimmador emasligini bildirgan.

XS
SM
MD
LG