Breaking News

Amerika aerportlarida yangi xavfsizlik choralari: biometrik kartochkalar - 2004-09-27


Amerikada havo yo’llaridan tez-tez foydalanuvchi yo’lovchilar uchun yangi imkoniyat yaratilyapti. Maqsad tekshiruv jarayonini yengillashtirish.

Endi yo’lovchiga biometrik tekshiruv, ya’ni barmoq izlari va ko’z pardasi rangining tasviri avvaldan saqlangan holda tekshirilish taklif etilmoqda.

AQSh ichki xavfsizlik vaziri Tom Rij (Tom Ridge) biometrik tekshiruvni maqtar ekan, hozirda sinov ostidagi bu vosita amerikaliklarning yanada xavfsizroq bo’lishi uchun xizmat qiladi, dedi.

"Bizningcha, bu, XXI asrda kishining kimligini aniqlash va xavfsizlik darajasini oshirish uchun yagona ma’qul yo’l," deya ta'kidlaydi Rij.

Yangi dastur AQShning besh aeroportida, jumladan Washingtondagi Ronald Reygan Umummamlakat aeroportida sinovdan o’tmoqda.

Ko’ngilli yo’lovchilar federal xizmatchilarga o’z shaxsiy ma’lumotlarini berib, biometrik kartochkalar olishgan. Ular ro’yxatga olingan aeroportdan uchishganida, ularning barmoq izlari va ko’z pardasi rangining tasviri roy’xatdagisi bilan solishtiriladi.

Biometrik kartochkali yo’lovchilar hali ham asosiy tekshiruv joyidan o’tishlari kerak, ammo kartochka orqali tekshirish kam vaqt oladi. Ichki xavfsizlik vaziriga ko'ra, bu yo’lovchilar tekshiruv uchun 10 minutdan kam vaqt sarflashadi.

Sinovlar nihoyasiga yetib, natija tahlil qilingach, vazirlik bu tekshiruv usulini qo’llash yoki qo’llamaslik haqida bir qarorga keladi.

XS
SM
MD
LG