Breaking News

AQSh vitce-prezidenti: undan nimalar kutiladi?      - 2004-10-06


AQSh konstitutsiyasiga binoan, vitce-prezidentning ikki asosiy vazifasi bor: AQSh senatida birgina ovoz bilan masalani hal qilish va prezident dunyodan o’tsa yoki ishidan olinsa, uning o’rniga o’tirish.

XX asr boshlaridan beri prezidentlar vitce-prezidentlarni mahkama yig’ilishlarida qatnashishga unday boshlashdi, ba’zida ular nomidan ishtirok etishga ham.

Keyinchalik vitce-prezidentlar boshqa davlatlar rahbarlari bilan uchrashishni, rasmiy marosimlarga borishni boshlashdi.

So’ngi yillarda esa vitce prezident prezidentning eng yaqin maslahatchisiga aylangan. Vitce prezidentlarning ta’siri juda kuchaygan, deydi siyosatshunos Stefen Hess:

"Son’gi paytda, har bir vitce-prezidentni tarixdagi eng kuchli vitce-prezident deb ta’riflab kelyapmiz. Bu gap har safar tog’ri chiqadi. Al Go’r Bill Klintonning vitce-prezidenti bo’lgan paytida shunday degandik. Hozir esa Dik Cheniy haqida shunday deymiz. Prezident Dik Cheniyga ahamiyatli darajada katta vakolat berdi."

Prezidentlikka nomzod o’ziga hamroh tanlaydi. Vitce-prezidentlikka nomzodning qayerdan chiqqani, siyosiy tajribasi va qarashlari, hamda saylovchi nazarida kimligi, muhim omillardir.

Lekin, siyosiy tadqiqotchi Larri Sabato, AQShda vitce prezidentlar, umuman olganda, saylovchilarga unchalik ta’sir qilishmaydi, deya fikr yuritadi:

"Saylovda ovoz bergan odam prezident uchun ovoz beryapti. Vitce prezident shunchaki hamrohdir. Boshqaruvda rol o’ynashar, ammo saylov kuni ularning uncha ahamiyati yo’q."

Saylov kampaniyasi paytida, vitce-prezidentlikka nomzodlar o’zlarining prezidentlikka nomzodini maqtashadi, saylovchilarni unga ovoz berishga chorlashadi. Ular raqib partiya nomzodining eng ashaddiy va keskin tanqidchilaridir. Vitce prezidentlikka intilayotganlar o’z nomlarini bulg’alab bo’lsa-da, prezidentlikka nomzodning sha’nini ko’kka ko’tarishga tayyor kishilardir.

XS
SM
MD
LG