Breaking News

Amerikada kriket o'ynala boshlandi - 2004-10-08


Amerikada professional kriket o’ynala boshlandi. Nyu Jersi shtatida kechgan bir necha soatlik o’yinni tomosha qilishga yuzlab muxlislar kelishdi.

Kriket AQSh bo’ylab katta sportga aylanishga urinmoqda. Nyu Jersi shtatining kriket guruhi o'zini Nyu Jersi Olovi, deb atasa, Kaliforniya shimolidan chiqqan guruh o'ziga San Fransisko Erkinligi degan nom tanlagan.

Musobaqalar va o’yinchilarni yangi tashkil etilgan AQSh Kriket Ligasi boshqarmoqda. Karib orollaridan chiqqan kriketchi Franklin Rouz San Fransiskoni bu sport chempioni qilishga bel bog’lagan.

"Men qo’ldan kelgancha hissa qoshishga tayyorman, ayniqsa, kriketni nishonga olish borasida. O’yinga qiziqqan yoshlar ko’p. Ularning kriketni tomosha qilishga kelishayotgani quvonchli hol," deydi o'yinchi.

"Umid qilamizki, ular kriketning kelajagi. Amerika yaqin kelajakda xalqaro kriket doirasiga kiradi, degan niyatdamiz. Iste’dodli yoshlar ko’p bu yerda... Shu sabab, biz bu yerdamiz, kriketni rag’batlantiramiz, uni bu yerda kelasi yilgacha raqobatbardosh o’yinga aylantiramiz," deya qo'shadi Rouz.

San Fransisko va Nyu Jersidan tashqari AQSh Kriket Ligasi Nyu York, Vashington, Florida, Chicago, Los Angeles va Texasda oz guruhlariga ega.

Nyu Jersi guruhining o’yin maydoni juda rivojlangan hududda, Nyu Yorkdan 60 kilometrcha narida joylashgan. Bu yer janubiy osiyolik muhojirlar makoni.

Kriketning Amerikada e’tibor qozonishida hindistonlik muhojirlarning hissasi katta, deydi liga boshlig’i Kal Patel. Uning o’zi ham aslida hindistondan. Unga ko’ra, professional ligani tuzish payti yetgandi.

"Amerika oilasining yillik daromadi o’rtacha 42 ming dollar, etnik jihatdan hindistonlik oilaning bu yerdagi yillik daromadi esa o’rtacha 63 ming dollar ekan," deydi Patel.

AQSh Kriket Ligasi o’yinlarini sun’iy yer yo’ldoshi orqali turli televidenielar havoga uzatmoqda. Masalan, ESPN xalqaro kanali. Nyu York Tayms kabi yirik gazetalar ham o'yinlarni yoritmoqda.

Eng katta umid, kriket muxlislari diqqatini qozonishdir. Ularning ko’pi, albatta, janubiy osyiolik muhojir aholidir.

Ammo, AQSh kriketining oziga xos tomonlari ham bor. Kriket qoidalari bu yerda ancha o’zgargan. O’yin odatdagidek 50 bosqichdan emas, 20 bosqichdn iborat. Batsmen, ya’ni kriket qo’riqchisini, vaziyatga qaran, almashtirish mumkin. Bunda maqsad, deyishadi liga vakillari, o’yindagi ochkoni yuqoriga olib chiqish. Ularning aytishicha, bu muxlislarni hayajonlantiradi.

Chempionatni tomosha qilgan amerikaliklar, kriketni yoqtirishayotganini aytishadi. Ulardan biri, jumladan shunday deydi:

"Menimcha, o’yinni, odatdagi, standard xalqaro kriketga qaraganda sal tezlashtirishgani yaxshi bo’libdi. Chunki Amerika tomoshabining bunchalik uzoq o’yinni ko’rishga sabr toqati yetadi, deb o’ylamayman..."

Nima bo’lganda ham, AQSh Kriket Ligasi kriketni ham ko’ngilochar, ham hayajonli o’yin sifatida ko’rsatib, uni katta biznezga aylantirishga urinmoqda.

Liga yaqinda o’zining ilk mavsumini yakunladi. Muxlislar ko’p emas, ammo ularning tagi baquvvat.

Buning ustiga xalqaro matbuot AQSh kriketiga katta qiziqish bildirmoqda. Liga rahbariyatiga ko'ra, Amerikadada kriketning ildiz otishi uchun zarur qadam qo’yildi.

XS
SM
MD
LG