Breaking News

AQSh saylovchisining etnik jihatdan kimligi uning qaysi partiyaga ovoz berishidagi muhim omil - 2004-10-25


AQShdagi turli etnik guruhlarning yaqinlashayotgan president saylovida qanday rol o’ynashi mumkinligini aniqlash qiyin.

Mariland Universiteti professori Jim Gimpelga ko’ra, Amerika xalqini tashvishlantirgan masalalar muhojirlar uchun ham muammodir.

"Har bir amerikalikning muammosi ular uchun ham tashvishdir. Ular uchun ham ta’lim, ish va xavfsizlik masalalasi juda muhim," deydi u.

Olim nazarida, kishining etnik jihatdan kim ekani, ko’p hollarda, uning qaysi siyosiy partiyaga yon bosishini aks ettiradi.

Masalan, Florida shtatidagi kubalik muhojirlar odatda Respublikachilar uchun ovoz berishadi.

Kaliforniyadagi meksikalik-amerikaliklar esa Demokratlarni quvvatlashadi.

Osiyolik boy muhojirlar Respublikachilar tomonda; qora ish qiladiganlar esa Demokratlar uchun ovoz berishadi.

Sovet Ittifoqi parchalangandan beri Nyu shahrining sobiq SSSRdan kelgan muhojirlar yashovchi qismi, Brayton, siyosiy jihatdan ancha o’zgardi. Hudud odatda Demokratlarni quvvatlab kelardi, endilikda bunday emas, deydi mahalliy yetakchi Pat Singer:

"O’z vaqtida Reyganni yoqtirgan bu kishilar endi Bushni ma’qul ko’rishadi."

Professor Gimpelning kuzatishicha, bu yilgi saylovda musulmon saylovchilarning bergan ovozlari chuqur ahamiyatga ega bo’ladi.

"11 sentyabr voqealaridan keyin adliya vaziri Jo’n Ashkroft boshchiligida yo’lga qo’yilgan yangi qoidalar musulmon fuqarolarni dahshatga solgan. Ularning ko’zi ochilib, endilikda Demokrat sifatida, katta sonlarda saylov ro’yxatidan o’tishmoqda. Bu yangilik, chunki avvallari ular ko’proq har ikki partiya orasida bo’linishgan edi," deydi tadqiqotchi.

Qora tanli amerikaliklar AQShdagi eng yirik va eng birlashgan holda ovoz beruvchi guruhdir. Ular Demokratik partiyaning o’lmas negizi, deb qaraladi.

Prezidentlikka ulardan chiqqan ruhoniy Al Sharpton o’z nomzodligini qo’yib, qora tanlilarni ancha ruhlantirdi.

Mutaxassislarga ko’ra, Senator Jo’n Kerri Demokratik partiyaning nomzodiga aylangach, uni quvvatlayotgan qora tanlilarni mensimay qo’ydi.

Ularning ko’pi Prezident Bushga ovoz berishmaydi; qolaversa, ularning ko’pi, saylovda umuman ovoz bermasligi mumkin, degan xavotir bor.

Bu esa har bir ovozning qadri muhim ahamiyat kasb etuvchi saylovda katta muammo bo’lishi mumkin.

XS
SM
MD
LG