Breaking News

AQSh saylovchilarining 20 foizi chet eldan turib ovoz berishi mumkin - 2004-10-29


Saylov kunida biror sabab bilan mamlakatda bo’lmagan, qolaversa xastaligi yoki keksaligi sabab saylov markaziga bora olmaydigan saylovchilar AQShda millionlarni tashkil etadi.

Sharoitdan kelib chiqib, ular pochta orqali, yoki muddatdan oldinroq ovoz berishadi.

Iyova shtati saylov komissiyasi boshliqlaridan biri Maykl Mauro, siyosiy partiyalar bu turdagi ovozlarga alohida e’tibor berishadi, deydi:

"Odamlarni saylovdan oldin ovoz berishga chorlovchi harakat bor. Partiyalar saylov kunigacha o’z ovoz banklariga ega bo’lishni istashadi."

2000 yilgi president saylovida saylovchilarning 14 foizi Amerikadan tashqarida turib ovoz berishgandi.

Bu yil, Xalq va Matbuot bo’yicha Pyu Tadqiqot Markazi bergan ma’lumotga ko’ra, mamlakatda bo’lmasdan ovoz berayotgan kishilar 20 foizni tashkil etishi mumkin.

Amerikaning 27 shtati saylovdan ikki oy avval shaxsan yoki pochta orqali ovoz berishga ruxsat beradi.

Oregon shtatida esa bu yil hech kim shaxsan ovoz bermaydi. Hamma ovozini pochta orqali jo’natadi.

Nomzodlarning debatini ko’rmasdan turib, erta ovoz berish ma’qul ish emas, deya tanqid qiluvchilar bor.

Boshqalar esa, bunga javoban, eng muhimi, fuqarolarning ovoz berishayotganidir, deyishadi.

XS
SM
MD
LG