Breaking News

Amerika prezidentga ovoz bermoqda - 2004-11-02


Bugun AQShda prezident saylovi kuni.

Qayta saylanish payidagi Prezident Jo’rj Bush o’tgan 24 soat ichida ikki nomzodni deyarli teng darajada quvvatlab kelayotgan olti shtatga safar qildi.

Bush o’zini mamlakatni boshqarish uchun eng loyiq kishi, deb ta’rifladi. Saylovchilarga qarata, meni qayta sayalansangiz, AQSh yanada xavfsizroq bo’ladi, dedi:

"Saylovdagi qaroringiz eng muhim qarordir. Chunki, bu sizning oilangizning xavfsizligi haqidadir. Fuqarolar xavfsiz bo’lmasa, taraqqiyot yuz bermaydi. Amerika prezidentining eng asosiy burchi bu Amerika xalqini himoya qilishdir. Agar bu mamlakat shunday og’ir damlarda kuch va qati’ylikni namoyon eta olmasa, dunyomiz fojeaga yuz tutadi. Men bunga yo’l qo’ymayman."

Senator Kerri ham o’tgan bir kun ichida saylov uchun o’ta ahamiyatli sanalgan bir necha shtatlar bo’ylab, Demokratik qadriyatlar, AQSh kelajagi, yoshlar ravnaqi va mamlakatning bugungi muammolari haqida so’zladi.

Kerri o’zini Bushga qaraganda juda dunyoviy, xalqaro jihatdan keng quvvatga ega nomzod deya, ta’riflab kelmoqda. AQShning boshqa davlatlar bilan aloqasini mustahkamlash uchun eng mos odam menman, deydi u:

"Men, dunyo hamjamiyatini Amerika tomonga o’tkaza olishimizga ishonaman. Men, Amerikaning obro’sini va kuchini qayta tiklay olishimizga aminman. Bizga terrorga qarshi kuchliroq kurashadigan va Amerikani xavfsizroq qilishga qodir prezident kerak."

Har ikki nomzod, prezidentlik kursisini egallash umidida, siyosiy reklamalar uchun millionlab dollar sarflashdi. Millionlab yangi saylovchilarni ro’yxatdan o’tkazib, ularni ovoz berishga chorlashdi.

XS
SM
MD
LG